Makroiqtisodiy tahlil ob’ektlari - Iqtisodiy o’sish – bu milliy ishlab chiqarish hajmi barqaror o’sishini taqoza qiladi;
- Narxning barqaror darajasi. Bu narxning doimiyligini bildirmaydi, faqat meyorida faoliyat qiluvchi iqtisodiyotda narxlarning sezilarli tez o’sishi mumkin emas.
- Meyoridagi bandlik-ishlashni xoxlagan va unga layoqatli bo’lgan barchaning ish bilan ta’minlanishini anglatadi.
- Iqtisodiy ta’minlanganlik milliy xo’jalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat mehnatga layoqatlilar, balki o’zlarining yoshi yoki sog’lig’iga ko’ra ishlash imkoniyatiga ega bo’lmaganlarni ham ta’minlashi zarurligini bildiradi.
- Iqtisodiy samaradorlik-milliy xo’jalikda foydalanishdagi cheklangan ishlab chiqarish resurslarining eng kam harajat qilib yuqori samara bilan faoliyat qilish layoqatidir.
- Oqilona savdo balansi. Ichki bozorning samarali faoliyat qilishi uchun mamlakat oqilona savdo balansini, ya’ni eksport va import bitimlari nisbatini ushlab turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |