Yalpi milliy maxsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor prirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YaMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baxolaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YAMM xajmini xisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga olinishi zarur. YaMM xajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |