Yalpi talab va yalpi taklif
Download 226.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Yalpi talab va yalpi taklif(3MAVZU)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan
- Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor
REJA: ■ .1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar ■ 2. Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liqligi 3 Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi. Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan bеlgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos. Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni: , bu yerda: Y d – yalpi talab; C – uy xo’jaliklarining istе’mol sarflari; I – xususiy sеktorning invеstitsiya sarflari; G – davlat xaridi; NX – sof eksport Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhimdir. Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o’zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi talabga javob bеradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan istе’mol tovarlari va xizmatlardan hamda invеstitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi rеsurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan istе’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdеk, invеstitsiya tovarlarining turlari ham juda ko’p va turli-tumandir. Lеkin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’z ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ! Download 226.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling