Yalpi talab-yalpi taklif modeli


Download 194.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi194.09 Kb.
#1512242
  1   2
Bog'liq
Yalpi talab-yalpi taklif modeli



Yalpi talab-yalpi taklif
modeli
Reja:
1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi.
4. Talab va taklif tahlili asoslari.


Talab va taklif tahlili asoslari.

Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko‘p va keng muammolarni hal
qilishda universal vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi
mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning
samaradorligiga ta'siri; narxlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan
chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; 
soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va
iste'molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta'siri va hokazo.

Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan
boshlandi. Ma'lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va
unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda muvozanatni ta'minlaydigan
mahsulotning umumiy hajmi o‘rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab
va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha
o‘zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta'sir qiladi? 
Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) 
bo‘yicha farq qiladi? Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga
javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz.


1. Yalpi talab tushunchasi va
uning hajmiga ta’sir qiluvchi
omillar.
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng
avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.
Yalpi talab (aggregate demand, AD) - barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, 
korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi
mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir.


Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi
sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil
tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. 
Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va
tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab
chiqarish omillari - yer, kapital va ishchi kuchi. Istе’mol tovarlari turli-tuman
moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli
ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning
ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turlitumandir (masalan, turli
mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, 
xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.).
Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, 
miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali
osonroq tushunish mumkin.


Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan bеlgilash
bizningcha unga bir tomonlama yondashuv
bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, 
sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar
oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan
holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib
olish mumkin bo’ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar
ta’sirida o’zgarib turadi. Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab
miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli
jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy
tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot
alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:



Download 194.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling