Yangi asr universiteti sirtqi ta`lim pedagogika va psixologiya yo`nalishi -kurs 601 s 22 – guruh talabasi Fayziyeva Gulchehraning milliy tarbiya asoslari fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 13.63 Kb.
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi13.63 Kb.
#1640579
1   2   3   4
Bog'liq
T.N.Qori Niyoziy

Toshmuhammad Niyozovichning matematika haqidagi fikrlari о‘quvchilar va turli sohalarda ta’lim olayotgan bugungi yoshlar uchun ham katta ahamiyatga egadir. U shunday yozadi: “Matematikaning eng qimmatbaho xususiyati shundaki, u kishining mantiqiy muhokama qobiliyatini о‘stira boradi. ... Holbuki, matematikaning formula va qoidalarini yod olish bilan uni egallab bо‘lmaydi.

  • Toshmuhammad Niyozovichning matematika haqidagi fikrlari о‘quvchilar va turli sohalarda ta’lim olayotgan bugungi yoshlar uchun ham katta ahamiyatga egadir. U shunday yozadi: “Matematikaning eng qimmatbaho xususiyati shundaki, u kishining mantiqiy muhokama qobiliyatini о‘stira boradi. ... Holbuki, matematikaning formula va qoidalarini yod olish bilan uni egallab bо‘lmaydi.
  • Matematikaning joni tafakkurda, mantiqiy muhokamada bо‘lib, undagi haqiqatlarni qat’iy, ketma-ket, mantiqiy muhokama bilangina oshkor qilish mumkin. Shunday qilib, mantiqiy tafakkur malakasiga ega bо‘lgan kishiga har qanday fan bilan shug‘ullanish uchun mustahkam zamin vujudga keladi”.
  • Qori Niyoziy bolaning yoshligidagi, ayniqsa, hayotning maktabgacha davri tarbiya nuqtai nazaridan g‘oyat murakkabligini ta’kidlaydi. Shuningdek, “О‘qituvchi oliy ma’lumotli bо‘lgani bilan u pastki sinflarda dars berish talabiga mutlaqo javob bera olmasligi mumkin”, – deb hisoblaydi. Uning fikricha: “О‘qituvchi eng avval bola ichki dunyosini, uning psixologiyasini, talab va zaruriy ehtiyojlarini juda yaxshi bilib, о‘quvchilarning ustidan kundalik va har taraflama ijodiy nazorat olib borishi lozim. Xullas, maktabning pastki sinflari iste’dodli, tajribali, mohir о‘qituvchilarning qо‘lida bо‘lishi kerak, chunki buning uchun yolg‘iz formal ma’lumot kо‘p vaqt kifoya qilmaydi!”.
  • Toshmuhammad Niyozovich о‘qituvchilik kasbi haqidagi fikrlarini yakunlab
  • shunday xulosaga keladi: “Umuman, о‘qituvchining ishi, uning qaysi sinfda va
  • nimadan dars berishidan qat’iy nazar, ijodiy bо‘lishi lozim. Aks holda uning sо‘zi qolipga aylanib, о‘qituvchining о‘zi oddiy kosibga о‘xshab qolishi mumkin.
  • Maktabda sodir bо‘ladigan kо‘p kamchiliklarning ildizi, ularning asosiy manbai ham shunda!”
  • Qori Niyoziyning asarlari haqida. Toshmuhammad Niyozovich “elementar matematika, oliy matematikaning dastlabki bо‘limlari (analitik geometriya, differensial va integral hisob, oddiy differensial tenglamalar)ning о‘zbek tilida terminologiyasini tuzdi. Uning bu ishda asos qilib olgan asosiy prinsiplaridan biri internatsional xarakterda bо‘lgan terminlarning о‘zini qabul qilib, qolganlarining о‘rniga о‘zbekcha mosini (ekvivalentini) topishdan iborat edi”

Download 13.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling