Yangi davr va psixologiya fanining dolzarbligi Psixologiya fanining predmeti
Download 115.06 Kb.
|
Umumiy psixologiya fanining metodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy psixolog Kichik guruhlar va jamoalar rivojlanishi va psixologiyasini o’rganadi Maktab psixologi
- Zoopsixolog Oliy toifali hayvonlar xulq-atvorini o’rganadi Eko-psixolog
- Salomatlik psixologiyasi bo’yicha mutaxassis
Biroq ayrim tarmoqlardagi psixolog mutaxassisning bajaradigan ishlari va mavqyeida tafovutlar va farqlar mavjud. O’zbekistonda ham mustaqillik yillarida inson omiliga berilayotgan e’tibor tufayli psixologiya fani o’z yutuqlarini xalq ho’jaligining deyarli barcha tarmoqlariga joriy etish imkoniyati tug’ildi. Shu bois ham bugungi kunda maktab psixologi, salomatlik psixologi tayyorlash, reklama va marketing sohasi, boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil etish borasida fanning amaliyotga aralashuvi jarayoni tezlashdi. Oliy o’kuv yurtlarida tayyorlanayotgan psixolog kadrlarning asosiy sifat belgisi ham ularning amaliyotda o’z bilimlarini tadbiq eta olish malakasi bilan aniqlanmoqda. Demak, XXI asr psixologiyasi o’zining tadbiqiy xarakteri bilan ajralib turadi va uning tarmoqlari rivoji va samaradorligi ilmiy va nazariy bilimlarning nechog’li xalq ho’jaligining turli tarmoqlariga joriy etilishi bilan izohlanadi. Quyida bizning sharoitimizda rivoj topayotgan va amaliy tus kasb etayotgan psixologiya tarmoqlarining qisqacha tavsiflarini keltirdik: umumiy psixologiya – psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi; pedagogik psixologiya – kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; yosh davrlari psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi; ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi; mehnat psixologiyasi – kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi; injenerlik psixologiyasi – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi; yuridik psixologiya – huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi; harbiy psixologiya – kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi; savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi; tibbiyot psixologiyasi – shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi; iqtisodiy psixologiya – turli vaziyatlarda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishish orqali xo’jalik yuritishni maqsad qilgan shaxslar, yaxlit guruh, jamoalarning iqtisodiy tafakkuri hamda iqtisodiy xulq-atvoriga aloqador umumiy qonuniyatlar va xatti-harakat mexanizmlarini, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir xo’jalik subyekti ongida aks etishini o’rganadi. Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud bo’lib, ular bevosita ishlab chiqarishdan tushayotgan talab va taklifga mos tarzda rivojlanmoqda. Download 115.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling