Yangi davrda Daniya arxivlari Yangi davrda Norvegiya arxivlari Yangi davrda Shvetsiya arxivlari
Download 94.5 Kb.
|
4-ma\'ruza. Yangi davrda Skandinaviya arxivlari
Yangi davrda Norvegiya arxivlari
Norvegiyada arxiv ishi Daniya va Shvetsiyaga nisbatan ancha sekin rivojlandi. Sababi, Norvegiya 1814-yilgacha Daniya ta’siridan qutula olmadi va uniya tarkibida qoldi. Davlatni boshqarishga oid hujjatlar Daniya qiroli noibi – shtatgalter devonxonasida saqlangan, lekin muhim hujjatlar Daniyaga olib ketilgan. XIII asrda Norvegiyada qirol hokimiyatining kuchayishi, qoʻshni davlatlar talonchilik yurishlarining tugashi va Oslo shahrida norveg qirollarining doimiy qarorgohining vujudga kelishi dastlabki doimiy qirol arxivlarining shakllanishiga imkon yaratdi. XIII asr oxirida Oslo shahrini himoya qilish uchun Akersxus qasri barpo etildi. Qirol arxivi dastlab shu qal’ada jamlangan. Bu yerda qirol diplom va yorliqlari moddiy boyliklar bilan birga saqlangan. Lekin, Kalmar uniyasi tuzilgandan soʻng, Akersxus qasridagi arxiv materiallari Kopengagenga olib ketilib, Daniya qirolligi arxiviga birlashtirildi3. Qal’a 1570-yildan daniya noibi – shtatgalterning qarorgohi va devonxonasi hujjatlari saqlanadigan joyga aylantirildi. Norvegiyadagi yana bir muhim arxiv oʻrta asrlarga oid boʻlgan arxiyepiskoplar arxividir. Bu arxiv Janubiy Norvegiyaning Tronxeym shahrida joylashgan. Kalmar uniyasi davrida arxiyepiskoplar mamlakatni boshqarishda muhim vazifalarni bajarganlar. Shuning uchun ularning arxivida koʻplab pergament yorliqlar va diplomlar, shu bilan birga, XIV–XVI asrlarda Norvegiyaning siyosiy tarixiga oid hujjatlar saqlanadi. Lekin, arxiv hujjatlari 1537-yilda davlatga xoinlikda ayblangan arxiyepiskop Olaf Engenbrektsen tomonidan xorijga olib chiqib ketilgan va Myunxen arxiviga tushgan. 1830-yilda arxiv hujjatlari Norvegiyaga qaytarilgan va Xristiani universiteti (Oslo)da saqlangan. 1847-yilda Myunxen toʻplami (kolleksiyasi) nomi bilan Milliy arxivga topshirilgan. Toʻplam 700 ta pergament diplom va yorliqlar hamda 1277–1537-yillarga oid qogʻozli hujjatlardan iborat. Bu toʻplam Norvegiyaning oʻrta asrlar tarixi boʻyicha yirik hujjatlar jamlanmasi hisoblanadi4. 1814-yilda Vena kongressi tomonidan Daniya–Norvegiya uniyasi bekor qilinadi, lekin mamlakat mustaqillikni qoʻlga kirita olmadi va Shvetsiya bilan shaxsiy uniyaga birlashtirildi. Daniya Napoleon bilan ittifoq tuzganligi uchun, oʻz arxividan Norvegiyaga tegishli barcha hujjatlarni qaytarish majburiyatini oldi. Natijada Norvegiya oʻz tarixiga oid koʻplab muhim hujjatlarni qoʻlga kiritdi5. Norvegiya garchi Shvetsiya bilan uniyada boʻlsa-da, ichki boshqaruvda keng mustaqillikka ega edi. 1817-yil 6-iyunda Milliy arxiv toʻgʻrisida dastlabki Nizom qabul qilindi. Nizomga koʻra arxiv ikki boʻlimdan iborat boʻlishi kerak edi: Akersxus qasridagi qadimgi hujjatlar arxivi (shtatgalterlar va saqlanib qolgan qirol arxivi hujjatlari); Norvegiya markaziy ma’muriyatining amaliy ahamiyatini yoʻqotgan yigʻmajild va hujjatlari. Milliy arxivga topshirilgan hujjatlar ayanchli ahvolda, Akersxus qasridagi materiallarning bir qismi talon-taroj qilingan, qolganlari esa chirishga kelib qolgan va roʻyxat qilinmagan edi. Arxivda doimiy shtat yoʻq va xonalar ham yetishmas, hujjatlarni jamlash ishlari ham tashkillanmagan edi. 1840-yilda norveg madaniyatining taniqli vakili, shoir Xenrik Vegerland Arxiv rahbari etib tayinlangandan keyin vaziyat ancha yaxshilandi. U arxivni tartibga solish boʻyicha faol harakat olib bordi. Jumladan, 1842-yildan roʻyxat va kataloglar tuzila boshlandi hamda nashr qilib borildi. 1845-yilda Milliy arxiv toʻgʻrisida yangi Nizom qabul qilindi. Unga koʻra arxiv maorif vazirligiga boʻsundirildi va arxivarius lavozimi joriy qilindi. 1866-yilda arxiv norveg parlamenti (storting) binosiga koʻchirildi. 1875-yilda qabul qilingan Nizomga asosan Milliy arxiv Norvegiya tarixini oʻrganuvchi markaz va hujjatlar bosh saqlovxonasi ekanligi rasman e’lon qilindi. Uning tarkibiga Norvegiyaning Kalmar uniyasi tarkibidagi davri hujjatlari, Daniya va Myunxendan qaytarilgan hujjatlar kiritildi. Keyinchalik arxivga markaziy muassasalar hujjatlarining eski yigʻmajildlari ham topshiriladigan boʻldi. Hujjatlar kelib tushishining koʻlami kengayganligi natijasida saqlash joylarining yetishmasligiga olib keldi. Natijada 1914-yilda arxiv uchun maxsus moʻljallangan bino qurildi. 1850–1860-yillarda Tronxeym va Bergenda, XX asrning boshlarida Tromsda mahalliy arxivlar tashkil etildi. Bu arxivlar 1904-yilda tashkiliy va metodik jihatdan Milliy arxivga boʻysundirildi. Natijada Norvegiya Milliy arxivi mamlakatda arxiv ishi boʻyicha bosh tashkilotchi va rahbarlik vakolatiga ega boldi6. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling