Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 0.75 Mb.
bet2/21
Sana17.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1535966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti (2)

Tadqiqotning ilmiy yangiligi; Aruz bugungi davr she‘riyatida yetakchi o‗rinni egallamasa ham, kitobxon ehtiyojiga javob bera oladigan, iste‘dodli shoirlar tomonidan qo‗llanilayotgan adabiy vosita ekanligini E.Vohidov, A.Oripov, J.Jabborov, S.Sayyid ijodlari misolida o‗rganilishi ishning yangiligini belgilaydi.
Mavzuning o„rganilganlik darajasi: O‗zbek she‘riyatida aruz she‘riy tizimiga, g‗azal janri taraqqiyoti xususida adabiyotshunos olimlarimizdan I.Sulton, T.Boboyev,U.To‗ychiyev, A.Hayitmetov, N.Karimov, B.To‗hliyev, B.Qodirov, R.Orzibekovlar tomonidan ilmiy nazariy fikrlar bildirilgan.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Ushbu ish xulosalari o‗zbek she‘riyatining janrlar taraqqiyotiga xos izlanishlar, zamonaviy she‘riyatda g‗azal janrining taraqqiyot xususiyatlarini kuzatish va bu davr she‘riyatini baholashning qoidalarini ishlab chiqishda katta ilmiy ahamiyatga egadir. Ishning qoida va xulosalari XX asr o‗zbek she‘riyatining taraqqiyotida g‗azal janrining umumiy manzarasini ilmiy tasavvur qilish va sharhlashga yordam beradi.
Ish kollej, litsey talabalari va maktablar uchun zamonaviy shoirlar ijodiga tegishli maxsus kurs va seminarlar o‗tkazishda foydalanishda, ayni paytda, hozirgi o‗zbek she‘riyatidagi janriy va mavzuviy izlanishlar bo‗yicha talabalarga ixtisoslik kurslari olib borishda yordam beradi.
Tadqiqot metodologiyasi va uslublari: Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda Prezidentimiz I.A.Karimovning ma‘naviyat va adabiyot haqidagi fikrlariga, shuningdek adib A.Qahhor, I.Sulton, T.Boboyev, U.To‗ychiyev B.Qodirov, R.Orzibekov kabi olimlarning ilmiy-nazariy xulosalariga tayandik.
Tadqiqot ob‟yekti va predmeti: Ushbu bitiruv malakaviy ishning predmeti sifatida E.Vohidov, A.Oripov, J.Jabborov S.Sayyidlarning turli yillarda yaratilgan g‗azallarini o‗zida jamlagan she‘riy to‗plamlari tanlandi.
Ishning tuzilishi va tarkibi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish (tushuntirish) qismi va to‗rt faslni o‗z ichiga oluvchi asosiy ikki qismdan tashqari, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat bo‗lib, uning hajmi 54 betdan iborat.

      1. Download 0.75 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling