Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
18 Kulmangiz ne bor senga deb Mir Alisher yonida. 1 Dastlab, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, ming bir istihola bilan g‗azal janriga qo‗l urgan shoir bugungi kunda mohir g‗azalnavis, g‗azal ilmining bilimdoni bo‗lib, nafaqat she‘riyatimiz xazinalarini milliy libos bilan boyitib kelmoqda, balki mumtoz janrimizga yangi hayot, zamonaviy talqin baxsh etmoqda. E.Vohidov mumtoz g‗azalni yangiladi, yangi zamona uchun qonuniy o‗rin olib berdi. Agar mumtoz adabiyotimiz g‗azalnavisligida shoir va mutafakkir Hazrat Navoiy xizmatlari beqiyos bo‗lsa, zamonaviy g‗azalnavislikda E.Vohidov alohida o‗rinni egallaydi. Shoir yozganidek: Ey munaqqid, sen g‘azalni ko‘hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin qolgan inson qonida. Ibrohim G‗afurov aytganidek: ―Ishqning tili Sharqda otashin loflar tilidir. Erkin Vohidov o‗z g‗azallarida shu til elementlaridan ham ustalik bilan foydalanadi va o‗quvchisini o‗z qahramonlari dardiga sherik qila biladi. An‘anaga yangi nafas bag‗ishladi. Uning g‗azallari keng taralganining sabablaridan biri ham mana shunda‖. 2 Natijada bugungi yangilangan, qayta yoshargan, qayta jon kirib tirilgan g‗azalnavislikni E.Vohidovsiz tasavvur qilish mushkul: Rost, g‘azal avjida barcha Oy ila Zuhro emas, Ko‘p erur somonchilar ham she’riyat osmonida... Haqiqatan ham, 60-yillarda o‗zbek g‗azalnavisligi davom etgan qish faslidan so‗ng yashnab kirib kelgan, iliqlik baxsh etgan bahor quyoshidek yangilanish oqibatida yashnadi, ―yam-yashil daraxt‖ga aylanib, ko‗plab shinavandalarni soyasidan bahramand bo‗lishga chorladi. Shu o‗rinda E.Vohidovning ushbu g‗azalini A.Navoiy aynan bir xil vaznda bitilgan mashhur g‗azali bilan qiyoslashni lozim topdik. O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur, 1
2 I. G‗afurov. Yam-yashil daraxt.-T., G‗.G‗ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling