Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 
20 
Men ersam o‘zgalar ahvoliga hayron yozajakman 
 Bu baytda ham voqea ijodkor atrofida kechadi, undan o‗zga olamga 
ko‗chmaydi. Shoir zamondoshlari qurshovida, lekin uni atrofdagilar tushunmaydi. 
U esa o‗z navbatida, atrofdagilarni tushunmaydi. Bundan uning oddiy inson 
emasligini, ya‘ni dilida dardi bor, atrofdagilar o‗lchovi bilan fikrlamaydigan 
ijodkor shaxs ekanligini uqamiz. Shu bilan birgalikda u hali ham oddiy bir banda 
ekanligini uqtirishi bilan davrga emas, balki faqatgina Ollohga qul ekanligini 
iyhom san‘ati orqali ifodalaydi: 
Quldur demangiz, garchi nomim Abdulla erurman,
Rasul ham emas, yo‘q hali unvon yozajakman. 
Ya‘ni bu baytga tashqi tomondan qaralsa, faqatgina shoirning nomi bilan 
bog‗liq bo‗lgan ma‘noni uqish mumkin. Lekin baytning asosiy, ichki ma‘nosi 
sho‗ro davri siyosatiga borib taqaladi. Shoir ismining sharhi ―Olloh quli‖ sifatida 
izohlansa-da, u bu davrga, uning siyosatiga qul emas. Shoir bunday 
tushunchalardan ancha uzoqda, insonga, davrga qullik uning e‘tiqodiga begona. Bu 
davrning soxta martabalari, unvonlari ham unga begona. Lekin u olmoqchi bo‗lgan 
haqiqiy unvon ―inson‖ unvoni ekanligini uqtirgan. Shu sababdan har qanday 
siyosatda ham, har qanday sharoitda ham ijod bilan shug‗ullanishini, 
shug‗ullanganda ham, vijdonan, qalb amri bilan erkin, qul bo‗lmagan holda 
shug‗ullanishini uqtirmoqda. 
Yuqorida ijodidan namunalar keltirilgan ikki dongdor shoir ijodini 
taqqoslaydigan bo‗lsak, E.Vohidovning mumtoz adabiyotning bugungi kunda 
yangilangan janri bo‗lmish g‗azaldagi merosi A.Oripovnikidan miqdor jihatidan 
salmoqliroq. Shoir bu janrga ko‗p va xo‗b murojaat etadi. A.Oripov ijodida 
g‗azallar miqdori kam bo‗lsa-da, shoir g‗azal janriga oz va soz murojaat etadi. Ikki 
ijodkor ushbu janrda ham xaqiqiy iste‘dod namunasini ko‗rsata olgan. 
Har ikki holatda ham ikki ijodkor ijodi 60-yillardan beri minglab iste‘dodlar 
uchun ijodda mash‘al bo‗lib kelmoqda. Ikki ijodkor lirikaning ko‗plab janrlarida 
qalam tebratganlar. Shu asnoda ularni lirikaning an‘anaviy janri-g‘azaldosh 
novatorligini qanday namoyon bo‗lishini o‗zaro taqqoslash yo‗li bilan sharhlashni 



Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling