Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
27 ham bajargan‖. 1 A.Oripov bilan suhbatda shoirning o‗zi lirik qahramoni holatini quyidagicha izohlaydi: ―N.Sharopova: Bag‘ritoshsan, xasta aylab, ham yiroq ketding nechun, Tibda derlar: gohi dardga tosh davo, bir kelmading, — baytiningizda irsoli masal san‘atini qo‗llaganmisiz?‖ A.Oripov: Ibn Sino haqidagi ―Hakim va ajal‖ nomli doston yozganman. ―Tibbiyotda bir tosh bor, shuni kukun qilgin, ichsang, dardga davo‖, - deydi Ibn Sino. Mineral toshlardan dori qilgan u kishi. Yoki chayonni qaynoq qozonda qizdirib, kukunidan dori qilgan. Qahramonim: Bag‗ritosh, o‗zing xasta qilding, uzoq ketding‖, - deb g‗azalda aytadi. G‗azalni xohlagan tomondan tahlil qilish mumkin. Lekin uni birinchi galda his qilish kerak. G‗azal - odamning ruhiy komillikka intizorligi. Dunyoga real yondashishni Firdavsiydan, Hofizdan, ayniqsa, Navoiydan o‗rganish kerak‖. Demakki, bag‗ritosh va tosh so‗zlari baytdagi quyma ohangdorlikni ta‘minlagani holda ham ma‘shuqa tafsifini bergan, ham oshiq holatini ochishga yordam bergan. Ayni vaqtda qadimgi milliy shifo usullaridan ham darak bergan. Yirik adabiyotshunos N.Shukurovning g‗azalni anglashdagi fikrlari quyidagicha: ―G‗azal juda qadimiy shakl. Uni yangilash ba‘zan mavzu, ba‘zan mazmun, ba‘zan qofiya, ba‘zan radif, ba‘zan san‘atlar, tashbehlarning yangiligida namoyon bo‗ladi‖. 2 Ushbu she‘riy unsurlarning bugungi she‘riyatimizdagi mohiyatini ochishda kamida ikki davr she‘riyatini taqqoslash lozim. Quyida Navoiyning ―Qog‗az‖ radifli, E.Vohidovning ―Qalam‖ radifli g‗azallarining qiyosiy tahlilini keltirsak. Navoiyda ―qog‗oz‖" obrazi lirik qahramonning ishqiy kechinmalarini yoritishda faol qatnashadi. Qahramon dardi shu maqomga yetganki, uni aks ettirgan qog‗oz shu‘lalanmoqda. Taqdir ham oh-vohlardan hayron: Emas g‘amimni yozar xatqa zarfishon qog’az, 1
2 Shukurov N. ―Menman ummon qaysi daryo teng bo‗lolg‗ay men bilan‖. S. Sirojiddinov zamondoshlari xotirasida. SamDCHTI nashr matbaa markazi. 2012.-B.20 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling