Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 
28 
 Ki shu’la chekti g‘amimdin bitir zamon qog‘az. 
 Sipehr davri bu sargashta ohidin bo‘lmish, 
 Magar bu oh, tutun bo‘lmish, osmon - qog‘az.
1
 
Qog‗ozdagi bitikni muhrlab, labiga keltirgan mahalda bu qog‗ozga jon bitadi. 
Yorning yuzi, labining vaslini keltirganda oshiq ko‗z yoshlaridan qog‗oz qonga 
belanadi: 
Tirilmisham bitigingdin qilurda muhr magar, 
Labingga tegdiyu kelturdi tuhfa jon qog‘az. 
Uzoru la’li labing vasfini qachon yozdim, 
Oqib ko‘z yoshim gulrang bo‘ldi qon qog‘az. 
Uyga tuynukdan yorug‗lik kirganidek, majruh ko‗nglim maktubini yaramga 
yopsam, u ochildi. Ma‘shuqa vasfi shunchalikki, farishta uni bitgani tiniq qog‗oz 
topolmaydi. 
Ochildi xasta ko‘ngul ruq’asin yaramga yopib, 
Yorug‘ bo‘lur emish uy bo‘lsa tobadon qog‘az. 
Yozar farishta quyosh sahfasiga vasfingni, 
Magarkim, ul falaki topmas obdon qog‘az. 
Qahramon iztiroblarining shohidi bo‗lgan ko‗ngul sahifasini xotiralar 
dengizidan asrashni so‗raydi, suvga tushgani hamon ulardan asar qolmaydi, zoye‘ 
ketadi. Xumorni qaytarish uchun soqiydan qullik bitimini so‗raydi, biroq 
qog‗ozning bu hujjat bilan ishi yo‗q - u tez qaytib ketadi: 
Ko‘ngul sahifasin asra xutur bahridin, 
Ki suvga zoyi’ o‘lur tushsa nogahon qog‘az. 
Xumor daf’iga qulluq xatin tilar soqiy, 
Navoiy, dema hujjat ketur ravon qog‘az. 
Navoiyda an‘anaviy ishq mavzusi qog‗ozga arz holini yozishidan hamda 
qog‗ozning qahramon iztiroblaridan qay ahvolga tushishini tasvirlash orqali aks 
etgan. Qog„oz so„zi radif, zarafshon, zamon, osmon, jon, qon, tobadon, obdon. 

1
 Navoiy A. Qaro ko‗zum.-T., G‗.G‗ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti. 1988.-B.218 



Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling