Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
29 dilsiton, nogahon, ravon so‗zlari qofiyani tashkil etgan. Jonlantirish, mubolag‗a, o‗xshatish san‘atlari qo‗llangan. Ohning tutunga aylanishi, qog‗ozning osmon qadar ko‗tarilishi, ko‗z yoshlarining qonga aylanishi, qog‗ozning tuynukka o‗xshatilishi tashbehlari qahramon dardining ulug‗ligidan darak bergan. U oddiy oshiq emas. U ishq bilan kasallangan. Uning dardi bedavo. Bu dard unga azaliy qismat. U bundan qochib ham qutulolmaydi. E. Vohidovda ham mavzu an‘anaviy - ishq. Lekin mazmunni ochishda ―qalam‖ dan foydalanilgan: Ulfatimdir sham yanglig‘ kechalar tanho qalam, Men ku she’r majnunidirman, sarvqad Laylo qalam” Lekin qahramon o‗zgacha oshiq - u she‘riyat shaydosi. Unga ilhom tinchlik bermaydi. Natijada u tunlari ham bedor. Ulfati esa qalam. O‗zini she‘riyat majnuni hisoblagani sabab uning Laylosi - qalam. Chinakam ijodkorga qiyomatga qadar azoblanish ulfatdir. Bundan qutulishning chorasi yo‗q. Uning boshida qalam savdosi bor: Ahli she’rga to qiyomat ulfat o‘lmakdir azob, Ne iloj etsin, boshida bor ekan savdo qalam. Qalamning timsoli she‘r, tig‗ va haqdir. Uning boshini necha bor kessalar ham, u bir marta ham boshini egmadi. Shoirlik taqdirdir, uning umri insonlar, yor, diyor mehrini kuylab nihoyalanadi. Bu qismatdai shoir ham, uning qalami ham istisno emas: Rost, qalam timsoli she’r,timsoli tig‘, timsoli haq, Boshini ming kesdilar, bosh egmadi aslo qalam. Yor diyor mehrini kuylab umrimiz bo‘lgay ado, Men na istisno erurman, sen namustasno qalam. Maqta‘da shoir doimo haqiqatni kuylashni niyat qiladi. Qalami bilan davr yukini aritib, qalamiga ham hech qachon qaddini bukmaslikni so‗raydi: Yangrasin Erkin so‘zing, aslo tiling lol o‘lmasin, Dast ko‘tar davron yukini, etma qadding yo qalam. Ikkala g‗azalda ham insonga tinchlik bermaydigan, uni har narsaga duchor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling