Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 
30 
qiladigan ―ishq‖ mavzusi kuylangani holda ikkala ijodkorda bu ―ishq‖ ning yuki 
o‗zgacha. Navoiyda oshiq iztiroblaridan qog‗oz turli holatga tushadi. Qahramon 
dilini ishq zabt etgan. U iztirob nimaligini his eta biladigan, uning og‗iriga ham, 
yengiliga ham ko‗nikadigan va yelkasidagi bu yukni, qanchalik og‗ir bo‗lsa ham,
bir umr tashishga majbur. Uning iztiroblarini aks ettirgan qog‗oz ham behalovat. 
E.Vohidovda esa qalam uning o‗zidek behalovat, notinch. Uning ham qismati 
azoblanish, haqiqatni kuylash bilan birgalikda yo‗lidagi barcha qiyinchiliklarni
qaddini tik tutgan holda, mardona yengib o‗tish. Ushbu g‗azalda ijodkor
novatorligi mavzuning kengaytirganida ko‗rinadi. Yor ishqi endilikda el, yurt 
ishqi qadar o‗sgan. Qalam so‗zi radif sifatida olingan. Tanho, Laylo, savdo, aslo, 
mustasvo so‗zlari qofiyadosh bo‗lib kelgan. Shoir kashfiyoti qalamning ulfatga 
aylanganida, bu detalning Laylo, haq, tig‗, she‘rga o‗xshatilishida ko‗rinadi.
Tilsiz, zabonsiz qalam haq kuychisiga aylanib, shoirni ming bir ko‗chalardan 
boshlab boruvchi mash‘alga aylanadi. Ikkala ijodkor g‗azalida ham shoirlar 
kundalik qurollari: qog‗oz va qalam detal qilib olingan. Navoiy ―qog‗oz"ni, 
E.Vohidov ―qalam‖ni kundalik ashyodan ―poetik detal‖ darajasiga olib chiqqan. 
Lekin davr ruhiyati masalasida ikki ―poetik detal‖ning yuki farqlanadi. Navoiydagi 
―qog‗oz‖ oshiq - ma‘shuqa kontrastida beriladi. E.Vohidovda "qalam" shoir va 
uning taqdiri kontrastida yoritilgan. Ijodkorlarning ikkisining qismati bir. Azaliy 
behalovatlik, umr mobaynida tinchlik bermaydigan hissiyotlardan azoblanish
Ikkala shoirda ―biografik asos‖ va uni ifodalovchi ―mafhum‖
1
lar asosli va 
atroflicha berilgan. Oshiq holati bevosita azaldan nomaga-qog‗ozga tushirilgani, 
ijodkor qismati esa uning qalamiga bog‗liqligi ikki lirik qahramonning tarjimai hol 
ko‗rsatkichlariga borib taqaladi. 

Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling