Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 


 
33 
A.Oripovning g‗azallari faqat mazmunda emas, balki shakliy poetik 
xususiyatlari bilan ham klassik janrlar nazariyasining asosiy talablariga javob bera 
biladi. Ularga xos bir xususiyatni alohida tilga olish joiz. Bu - ularning, asosan, 
ramal vaznida yozilgani hisoblanadi. 
Ramal mumtoz adabiyotimizda turkiy tilning vazni, turkiy tilning tabiatiga 
nihoyatda muvofiq kelishi ilmda isbotlangan. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy 
g‗azallarining katta qismi ayni shu vaznda ekanligi ham bu da‘voning dalilidir. 
Abdulla Oripovning «Furqat nidosi», ―Ketmokdaman‖, ―Bul ajab‖, ―Bu kun‖, 
―Noma‖ singari g‗azallari ham ramalda bitilgan.
Vahki ishq sahrosida qoldim beishq tanho 
bu kun, 
Chiqma Qays ohim bilan yonmokda bu sahro 
bu kun. 
Ushbu g‗azalda ramalning rukni-foilotun sakkiz marta qo‗llanilgan. Faqat 
oxirgi ruknda u to‗liq holda emas, balki maqsur holatida uchraydi. Shunga ko‗ra bu 
vazn nomi - ramali musammani maqsurdir. 
Yaxshi qol ey, dilbarim dilda qadar ketmokdaman, 
Ishq aro endi holim zeru-zabar ketmoqdaman
1
.
matla‘li g‗azal ham, shuningdek, ―Noma‖, ―Furqat nidosi‖ kabi g‗azallari ham shu 
vaznda yozilgan. Bularning hammasida an‘anaviy shakllarda yangi ma‘no, yangi 
mazmun ifodalanishiga ham boy imkonlar berishini ko‗rsatib turibdi. 
Endi boshqa bir misolga murojaat qilaylik: 
Bul ajab xor kimsadin imdod so‘raydi xorlar,
Siz bemor ko‘ksiga bosh urmangiz, ey bemorlar
Bu satrlar ham ramal bahrida yozilgan, faqat u ramali musammani 
mahzufdir. Bir qarashda sodda ko‗ringan bu vazn shoirdan ancha mahorat talab 
qilganiga shubha yo‗q. Zero, uning paradigmasi: 
- V - - - V - - - V - - - V - 

1
 Ushbu g‗azal tahlili haqida qarang: V.Qodirov. Hozirgi zamon g‗azallari poetikasining ayrim xususiyatlari: Filol. 
fanlari nomzodi diss. ... avtoref. - Toshkent, 1993. - 15-16 b. 



Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling