Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 
34 
- V - - - V - - - V - - - V - 
bo‗lib, o‗qilish ohangi foilotun foilotun foilotun foilundir. Agar sof bo‗g‗in nuqtai 
nazaridan hisoblab ko‗riladigan bo‗lsa, u har bir misrada o‗n beshtadan bo‗g‗in 
bo‗lishini taqozo etadi. Vaholanki, keltirilgan misolimizda har bir misrada o‗n to‗rt 
bo‗g‗in mavjud. Biroq A.Oripov aruzning o‗ziga xos xususiyatlarini nozik 
darajada o‗zlashtirgani uchun, alohida bir undoshning qisqa hijo vazifasini bajara 
olish imkoniyatidan o‗z o‗rnida foydalana olgan. Shunga ko‗ra oxirgi rukndagi 
«xorlar» va «morlar» ko‗rinishda ikki bo‗g‗in bo‗lsada, hijo nuqtai nazaridan uch 
qismdan iborat. Demak, ularning o‗qilishi xor-lar hamda mor-lar tarzida bo‗ladi. 
Xuddi shu holda vazn ham o‗z mukammalligiga erishadi. 
Shoir yolg‗iz ramalda emas, balki hazajda ham o‗z mahoratini ko‗rsata 
bilgan. Xullas, A.Oripovning g‗azallarida mumtoz an‘ananing asosiy xususiyat va 
fazilatlari to‗lig‗icha namoyon bo‗lgan. Ammo, shoir faqat shu bilangina 
chegaralanib qolganida, badiiy kashfiyot haqida, an‘ana zaminida yuzaga kelgan 
yangi topildiklar haqida gapirib o‗tirish ortiqcha bo‗lardi. Buning ustiga mavjud 
adabiy muhit va real-tarixiy sharoitning ham mutlaqo boshqacha ekanligini 
unutmaslik lozim. «Harf o‗yin aylay desam, o‗zga erur imlo bugun» misrasi 
vositasidagi ta‘kid ayni shu haqiqatni ifodalamoqda. Bugina emas, dadil aytish 
mumkinki, A.Oripov yigirmanchi asr oxirida aruzni barmoqqa yaqinlashtirgan 
yoki aruzda barmoq ohanglarining ham mujassamlashuvini ta‘min eta olgan 
shoirdir. Gap shundaki, A.Oripov g‗azallarining ko‗pchiligi shubhasiz aruzda 
yozilgan bo‗lishiga qaramay ularni barmoq ohangi bilan ham o‗qish mumkin. 
Yuqorida keltirilgan g‗azalni aruzning ramali musammani mahzuf vaznida 
yozilganini qayd qilgan edik. Bu vaznning rukn ko‗rinishlari so‗zlarning 
chegarasiga daxldor emasligi ham ma‘lum. Vaholanki, turoqlarni so‗zlar chegarasi 
bilan uyg‗un bo‗lishini taqozo etadigan barmoq ham ayni shu g‗azalning boshidan 
oxirigacha tadbiq etilishi mumkin. Unda har bir misraning ko‗rinishi 7+7=14 
shakliga ega bo‗ladi. Masalan: 
Bul ajab xor kimsadin (7) 
Imdod so‘raydi xorlar, (7) 



Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling