Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 
39 
yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi 
zarar ketmoqdaman. 
Xullas, Abdulla Oripov uchun g‗azal yozish ham ichki ruhiy va fikriy 
ehtiyojdir. Shoir g‗azal shaklining imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanadi. 
An‘anaviy ma‘no va timsollarni zamonaviylashtiradi, zamondoshlarining 
ko‗ngliga yetib boradigan haqiqatlarini aks ettiradi. Bizningcha, uning «Vahki ishq 
sahrosida qoldim beishq tanho bu kun», «Bu ishq sirrin kitob etting, kitobing ichra 
men borman», «Agar yoring xirom etsa sabolardan ayon bo‗lg‗ay» misralari bilan 
boshlanadigan she‘rlari ham g‗azalning eng yorqin namunalaridandir. Shoir 
ijodining Ushbu yo‗nalishdagi asosiy jihatlari yuqoridagilardan iborat. Ularni 
yakunlab shunday deyish mumkin:
Mumtoz adabiyotimizning o‗zak mag‗izlaridan biri bo‗lgan tasavvuf she‘riyatidagi 
ilg‗or an‘analar XXasrda ham, XXI asrda ham o‗ziga xos shakl va shamoyillarda 
davom etmoqda. Buning eng yorqin misoli Abdulla Oripov ijodidir.
Tasavvufning ta‘siri degan paytda uning klassik variantdagi barcha usullarini, 
barcha mazmun qirralarini yaxlitligicha davom etishini tushunish biryoqlamalik 
bo‗lar edi. Bunda Abdulla Oripovning shaxsiy individual uslubi, poetik olami
badiiy estetik qarashlariga asos va uyg‗un jihatlar haqida gapirish o‗rinli bo‗ladi.
Haqiqiy ijodkorlar an‘ana doirasida turib ham, kashfiyotlar qilishi 
mumkinligini Abdulla Oripov ijodi misolida yana bir marta tasdiqlanadi. Birgina 
g‗azal yoki ruboiy (to‗rtlik) shaklining o‗ziyoq shoir uchun juda katta sinov 
maydoni bo‗lganligini ko‗rsatib o‗tish mumkin. Ushbu an‘anaviy shakllar orqali 
ham shoir o‗z zamonasining eng dolzarb muammolarini yuksak badiiy shakllarda 
ifodalab bera olgan. Buning ustiga bu ifodalarning yangi, ohori to‗kilmagan 
tarzdagi ko‗rinishi mazkur she‘riy shakllarda ham yangicha mazmun va jarang 
bag‗ishlagan. Qisqacha qilib aytganda, haqiqiy iste‘dod uchun har qanday holatda 
ham o‗zligini ko‗rsatish, o‗zining shaxsiy ―men‖ini namoyon qilish mahoratning 
oliy talabi, shu talabga javob berganligi uchun ham bunday asarlar o‗quvchilar 
qalbiga yaqin va ardoqli bo‗lib qolaveradi.



Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling