44
davr ruhini, zamonaviy lirik qahramon olamini yoritishga ojizlik qiladi, degan
fikrlar aytildi. Bir tomondan, bu gap haqday tuyuladi. Chunki Oktabr to‗ntarishi,
fuqarolar urushi, kolxozlashtirish davrlarida tilimizga xorijdan, xususan,
Yevropadan shunchalar ko‗p yangi siyosiy so‗zlar kirib keldiki, ular mumtoz
adabiyotimizning nafosatini bera olmas edi. Ular siyosiylashgan so‗zlar edi. Biroq
60-yillarga kelib aruzga munosabat o‗zgara boshladi. Uning o‗zbek adabiyoti,
she‘riyatidagi o‗rni tiklanibgina qolmay, E.Vohidov, J.Kamol kabi shoirlar ijodida
yuksak bosqichga ko‗tarildi. Aruzning zamonaviy o‗zbek adabiyotidagi nafosati,
o‗ziga xos badiiy-estetik ahamiyatini namoyish qilishda Jumaniyoz Jabborovning
ham xizmatlari katta. «Aruz she‘riyatimizning go‗zal vazni, musiqasi, san‘ati, –
deydi shoir. – Uni yanada sayratish mumkin. Gap – aruzda qanday ijod eta olish
ustida. Uning imkoniyatlari beqiyos. Aruz vaznida chiroyli, zamonaviy namunalar
yaratildi. Uning ochilmagan qirralari yanada ko‗p. Faqat qofiya va radifning
chegaralangan sirtmog‗idan yulqinib chiqa bilmoq kerak‖
1
.
Aruz juda murakkab san‘at. Shu bois mumtoz adabiyotshunoslikda
poetika masalalari ―ilmi aruz‖, ―ilmi qofiya‖, ―ilmi bade‘‖ kabi tarkibiy
qismlardan
tashkil
topgan.
Mumtoz
adabiyotimizdagi
bu
masalalar
adabiyotshunos olimlar tomonidan jiddiy o‗rganilgani uchun ularga alohida
to‗xtalishga zarurat yo‗q. Biz faqat mavzu nuqtai nazaridan J.Jabborov
she‘riyatidagi aruz vaznida yozilgan namunalarda estetik ideal va poetik tasvir
masalasiga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.
1
Jabborov J. Yulduzlarda xayolim. – Toshkent: O‗zbekiston Milliy kutubxonasi, Jabborov J.
Yulduzlarda xayolim. – Toshkent: O‗zbekiston Milliy kutubxonasi 2006. – B.155.
Do'stlaringiz bilan baham: |