Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
13 belgilab berdilar, Birinchi davr ijodkorlari uchun xos bo‗lgan xususiyat shundan iboratki, ular yaratgan poetik shakllar vazn jihatidan garchi aruzda bo‗lsa ham, ifoda uslubiga ko‗ra sodda va hayotiy voqelikka ortiqcha darajada moslashgan. Sobir Abdullaning ―Paxtakor juvonga‖ deya nomlangan g‗azaliga to‗xtalsak. G‗azal mumtoz poetik shaklda yozilsa-da, mazmunan yangi, unda voqelikka zamonaviy yondashuv sezilib turadi. G‗azalning mavqe darajasini belgilovchi omil: ―...uning konkret muhit bilan, shoir yashagan davr problemalari bilan bevosita bog‗liqligi hamda ularda ilg‗or ijtimoiy ruhning muayyan darajada aks etganligidadir‖, - deb hisoblaydi yirik adabiyotshunos Y.Ishoqov. Bu fikr A.Navoiy g‗azaliyoti munosabati bilan aytilgan va qizig‗i shundaki, ushbu xususiyat sho‗ro davri g‗azalchiligida yetakchi, hatto hukmron tamoyilga aylangan. Sobir Abdullaning ―Paxtakor juvonga‖ deb nomlangan g‗azalida ham ayol uning ijtimoiy faoliyati, kasbi, mehnatiga ko‗ra madh etilgan bo‗lib, bu g‗azal ayolga yaxshi ma‘noda o‗qilgan hamd-sanolar emas, balki uning kolxoz sharoitidagi ayol mehnatiga oid go‗zal tashbehlardir: Kuzda har tup paxtadan yuz shona ko‘zlar ko‘zlaring, Shona ko‘zlashdan bo‘lak, jono na ko‘zlar ko‘zlaring. Adabiyotshunos olim N.Karimov ta‘kidlaganidek, ―oq oltin‖ o‗lkasining poeziyasi an‘anaviy bo‗lib qolgan paxtakorlarga she‘riy xatlar dan tashqari davr uchun dolzarb bo‗lgan ―oq oltin‖, ya‘ni paxta mavzusi an‘anaviy mumtoz janr -g‗azalda aks etgan. Shoirning o‗ziga xos uslubini belgilashda muhim rol o‗ynagan, g‗azal maqta‘sida shoir nomi keltirilmagani holda g‗azal xulosalangan: Zavqu bahringni ochib, ko‘m-ko‘k bo‘liq, keng paxtazor, Xorazmdan boqsa, to Farg‘ona ko‘zlar ko‘zlaring. Habibiyning "Ona maktubi" nomli g‗azalida Ikkinchi Jahon urushi asnosida onaning farzandiga nasihati, o‗giti ifodalangan: Yovga qul bo‘lsang, ayo o‘hlim jahonni naylayin, Yaxshidir yer ustidan osti, bu jonni naylayin. Keyingi baytlarda ushbu fikr rivojlantirilib, ona o‗g‗lini mardlik sari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling