Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 
15 
tarzidagi ana shu miqdor o‗zgarishi ma‘lum bir shart-sharoitlar ta‘sirida sifat 
o‗zgarishiga o‗tishi mumkin‖. Xuddi shunday jarayon XX asr birinchi yarmidagi 
o‗zbek g‗azalchiligida ham ro‗y bergan deyish mumkin. 
Ma‘lumki, o‗zbek mumtoz adabiyotida g‗azal yetakchi janr hisoblanadi. 
Sho‗ro davrining adabiy siyosati o‗zbek she‘riyatidagi an‘anaviy janrlarni siqib 
chiqardi. Shunga qaramay dastlab bu janrlarda barmoq bilan sanarli shoirlar qalam 
tebratdilar. An‘aviy g‗azalning an‘anaviy shakli va unsurlarida zamondosh 
shoirning lirik ―men‖i namoyon bo‗lib, bu mumtoz adabiyotimizga xos shaklda 
yoritildi. Bejiz A.Qahhor; ―She‘r - oshiqning ohi, musibatdiydaning ko‗z yoshi, 
saodat va surur ifodasi bo‗lgan qahqaha tovushi‖,- deb aytmagan. 
She‘riyat zamon bilan hamnafas tarzda yangilana boradi. Uni har bir ijodkor 
o‗zicha yangilaydi. Bu haqida yana A.Qahhor yozadi: ―Ma‘lumki, zamon o‗tishi, 
davr almashuvi bilan kishilarning fikri o‗zgaradi. Fikr o‗zgarishi bilan badiiy 
ifodalarning ta‘siri ham o‗zgaradi. Hozirgidek burungi shoirlar ham
o‗quvchiniig hissiga ta‘sir qilish uchun aksari uning o‗zida bo‗lgan tayyor hisdan 
foydalanganlar. Masalan, ma‘lum davr kishilarida Xudo, ka‘baga nisbatan 
ma‘lum his bo‗lgan. Shuning uchun:
Muazzin ka’ba toqi uzra gulbongi samad urdi, 
 Barahman dayr ayvonida ohangi sanam chekdi, - (Navoiy)
dek satrlar ularga ta‘sir qilgan. Hozirgi yoshlar xozirgi shoirlarning kitobida
shunday satrlarni ko‗rsa qanday ta‘sirlanishi mumkin‖.
1
Davr nuqtai nazaridan g‗azal janriga bo‗lgan munosabat bir xilda kechmadi. 
O‗rta asrlarda mumtoz adabiyotda ijodkor iste‘dodini belgilovchi omili bo‗lgan bu 
janr sho‗rolar davri adabiyotida o‗tmish merosiga bepisand qarash, shiorbozlik, 
madhiyabozlik siyosatiga binoan A.Qahhor kabi yetakchi ijodkorlar tomonidan 
kamsitildi.
Ammo yuqorida keltirganimizdek, she‘rning mohiyatini teran tushungan adib 
negadir aruzga nisbatan salbiy munosabatda bo‗lgan. Vaholanki, qalbdan chiqarib 
yaratilgan, komil inson tarbiyachisi bo‗lgan she‘riyat har qanday libosda ham 

1
Ўша манба.-Б.259 





Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling