Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
16 fusunkor. A.Qahhor: ―Biz aruzga hech qachon noto‗g‗ri munosabatda bo‗lgan emasmiz - hamma vaqt uni muzey eksponati hisoblaganmiz va minba‘d ham shunday hisoblaymiz‖, - degan fikrda. Muzey eksponati deb, o‗tmishda ishlatilib, bugungi kun ehtiyoji uchun yaramaydigan, ko‗rgazmaga qo‗yilgan biror narsa yoki buyum tushuniladi. Aruz bugungi davr she‘riyatida yetakchi o‗rinni egallamasa ham, kitobxon ehtiyojiga javob bera oladigan, iste‘dodli shoirlar tomonidan qo‗llanilayotgan adabiy vosita. Nomdor adib tomonidan aytilgan aruz haqidagi yuqoridagi fikrlar bilan kelishmagan holda rus shoiri A.S. Pushkinning o‗z vaqtida bundan faxrlanib aytgan quyidagi fikrlarini keltiramiz: ―Ikki xolat Yevropa she‘riyati ruhiyatiga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatdi: biri arablar bosqini, ikkinchisi salb yurishlari. Arablar unga ishqning jununi va nazokatini, mo‗jizakorlik va otashin Sharq suxandonligini baxsh etdi‖. Adabiyotshunos olim O.I.Fedotov ham bu masalada quyidagi fikrda: ―O‗rta asr arab she‘riyat nazariyasida she‘riyatga shunday klassik ta‘rif beriladi: ―Muayyan ma‘no-mohiyatga ega bo‗lgan o‗lchovli, qofiyali nutq‖. Bu narsa shuni ko‗rsatadiki, g‗azal butun dunyo tan olgan qat‘iy qonuniyatlar va o‗chmas badiiy nafosatga ega. Uni muayyan davrning o‗tkinchi injiqliklari bilan yo‗qqa chiqarish mumkin emas. Xususan, ―XX asrning dastlabki o‗n yilligida yaratilgan Hamzaning ―Devoni Nihoniy‖si go‗yo g‗azal janrining keyingi davr taraqqiyotini belgilab bergandek tuyuladi. Bu Hamzaning o‗zbek g‗azalchiligining yangi taraqqiyotida o‗ziga xos maktab yaratganini ko‗rsatadi. Keldi ochilur chog‘ing o‘zliging namoyon qil, Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil,- deb boshlanuvchi g‗azalida tasvir va uslub zamona zayliga mos. Lirik qahramon o‗z davri adabiyoti xususiyatiga moslashgani holda ma‘shuqa obrazining go‗zalligini tasvirlamaydi. Unga to‗g‗ridan to‗g‗ri da‘vat etadi. Bu da‘vat dunyoviy ilmlardan boxabar bo‗lish, turmush tarzini o‗zgartirishda ko‗rinadi. Ma‘shuqa go‗zalligini tarannum etib kelgan hayot endi kishanga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling