Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
20 Men ersam o‘zgalar ahvoliga hayron yozajakman Bu baytda ham voqea ijodkor atrofida kechadi, undan o‗zga olamga ko‗chmaydi. Shoir zamondoshlari qurshovida, lekin uni atrofdagilar tushunmaydi. U esa o‗z navbatida, atrofdagilarni tushunmaydi. Bundan uning oddiy inson emasligini, ya‘ni dilida dardi bor, atrofdagilar o‗lchovi bilan fikrlamaydigan ijodkor shaxs ekanligini uqamiz. Shu bilan birgalikda u hali ham oddiy bir banda ekanligini uqtirishi bilan davrga emas, balki faqatgina Ollohga qul ekanligini iyhom san‘ati orqali ifodalaydi: Quldur demangiz, garchi nomim Abdulla erurman, Rasul ham emas, yo‘q hali unvon yozajakman. Ya‘ni bu baytga tashqi tomondan qaralsa, faqatgina shoirning nomi bilan bog‗liq bo‗lgan ma‘noni uqish mumkin. Lekin baytning asosiy, ichki ma‘nosi sho‗ro davri siyosatiga borib taqaladi. Shoir ismining sharhi ―Olloh quli‖ sifatida izohlansa-da, u bu davrga, uning siyosatiga qul emas. Shoir bunday tushunchalardan ancha uzoqda, insonga, davrga qullik uning e‘tiqodiga begona. Bu davrning soxta martabalari, unvonlari ham unga begona. Lekin u olmoqchi bo‗lgan haqiqiy unvon ―inson‖ unvoni ekanligini uqtirgan. Shu sababdan har qanday siyosatda ham, har qanday sharoitda ham ijod bilan shug‗ullanishini, shug‗ullanganda ham, vijdonan, qalb amri bilan erkin, qul bo‗lmagan holda shug‗ullanishini uqtirmoqda. Yuqorida ijodidan namunalar keltirilgan ikki dongdor shoir ijodini taqqoslaydigan bo‗lsak, E.Vohidovning mumtoz adabiyotning bugungi kunda yangilangan janri bo‗lmish g‗azaldagi merosi A.Oripovnikidan miqdor jihatidan salmoqliroq. Shoir bu janrga ko‗p va xo‗b murojaat etadi. A.Oripov ijodida g‗azallar miqdori kam bo‗lsa-da, shoir g‗azal janriga oz va soz murojaat etadi. Ikki ijodkor ushbu janrda ham xaqiqiy iste‘dod namunasini ko‗rsata olgan. Har ikki holatda ham ikki ijodkor ijodi 60-yillardan beri minglab iste‘dodlar uchun ijodda mash‘al bo‗lib kelmoqda. Ikki ijodkor lirikaning ko‗plab janrlarida qalam tebratganlar. Shu asnoda ularni lirikaning an‘anaviy janri-g‘azaldosh novatorligini qanday namoyon bo‗lishini o‗zaro taqqoslash yo‗li bilan sharhlashni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling