Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
22 Ikkinchi baytda esa an‘anaviy ifoda ustunlik qiladi: Oftob mashshotasi tok sochipi nurdan tarab, Zangining bo‘yniga osmish shodai marjon uzum. Bayt tashxis san‘ati namunasi hisoblanadi. Oftob pardozchisi tok sochini nurdan tarab, tok zangini bo‗yniga uzumni marjon qilib osgan. Uchinchi baytda oddiy hayotiy tasvirdan fikr falsafiylik tomon siljiydi. Ya‘ni ishqning mohiyatiga urg‗u beriladi: Toqi ishkom misli osmon har taraf yulduz sochur Voh ajab bu ne sinoat yer uzum osmon uzum. Ishq mohiyatidan ishq tafsiliga o‗tilgan. Uzumning savatga bosh qo‗yib, taqdirga tan berib bozorda ishqini izlashi tasvirida iyhom san‘atiga duch kelamiz. Savatni ikki ma‘nosi bo‗lib, birinchisi o‗z ma‘nosi-savat anglashiladi. Ikkinchi asosiy ma‘no - taqdir hisoblanadi. Bozor ham xuddi shu tarzda. O‗z ma‘nosi — savdo-sotiq maskanini anglatgani holda, asosiy ichki ma‘nosi - dunyodir: Tark etib ko‘shkin, savatga qo‘ydi bosh izlab sepi Charx urib bozor ichida bo‘ldi sargardon uzum, Beshinchi bayt beixtiyor tasavvufiy ohanglarni yodga soladi. Oshiq ko‗nglida ishq paydo bo‗lgani holda u parvoz eta olmaydi. Uning parvoz aylashi uchun ishqi komillik darajasiga erishishi lozim. Ishq ham tanaga zindonband etilgani kabi ishqdan bag‗ri qon uzum ham xum ichiga bandlandi. Ushbu tasvir g‗azaldagi ishq mavzusining an‘anaviyligini ta‘minlagani holda bu mavzuni yanada mukammalroq - o‗ziga xos zamonaviy mushohada orqali sharhlab, yuksaltirishga yordam beradi. She‘riy kompozitsiyaning g‗oyaviy yo‗nalishini belgilaydi: Kimki oshiqlikni da’vo aylasa shuldir jazo, Oqibat xum ichra bo‘ldi mahkulsh zindon uzum. Xum ichida necha yil xun bo‘lmoq erkan qismati, Lablaringga yetdi oxir bir piyola qon uzum. Ishq mumtoz adabiyotda komillikka yetaklovchi mezon sanalgani holda unga o‗z-o‗zidan erishilmaydi. Unga yetishish uchun ishq ichida "ishq" bilan yashay olish lozim. Ushbu holat yo‗qotishlarsiz, azobu iztiroblarsiz amalga oshmaydi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling