Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


II. Bob Yangi davr g„azalchiligi


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 

II. Bob Yangi davr g„azalchiligi
 
2.1. G„azalnavislik an‟analari A.Oripov ijodi...........................32-40- bet 
 
2.2. 90 yillar o„zbek she‟riyatida g„azal janri taraqqiyoti..........41-50- bet. 
 
Xulosa...............................................................................................51-52- bet 
 
Adabiyotlar ruyxati......................................................................... 53-54- bet 
 
 
 
 
 


 

KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi: Muayyan janr taqdiri, uning yaratuvchisi, janr 
yaratilayotgan davr, davrning mafkuraviy aqidalariga qaysidir darajada bog‗liq 
bo‗ladi. Shu bois ba‘zi janrlar adabiy jarayonda faol bo‗lgan bir paytda boshqalari 
kam iste‘molda bo‗ladi. Lekin shunday janrlar ham borki, ular ijodkor tomonidan, 
u yashayotgan davridan qat‘iy nazar, doimo iste‘molda bo‗ladi. Albatta, bu 
iste‘mol har bir taraqqiyot pallasida bir xilda kechavermaydi. O‗zi yashayotgan 
davrga xos bo‗lgan bir qator o‗zgarishlarga uchraydi.
Ma‘lumki, XX asrning 30-50 yillarida o‗zbek she‘riyatining ko‗p asrlik 
she‘r sistemasi aruzga biroz kamsitilganday munosabatda bo‗lindi. Aruz zamon
davr ruhini, zamonaviy lirik qahramon olamini yoritishga ojizlik qiladi, degan 
fikrlar aytildi. Bir tomondan, bu gap haqday tuyuladi. Chunki Oktabr to‗ntarishi, 
fuqarolar urushi, kolxozlashtirish davrlarida tilimizga xorijdan, xususan, 
Yevropadan shunchalar ko‗p yangi siyosiy so‗zlar kirib keldiki, ular mumtoz 
adabiyotimizning nafosatini bera olmas edi. Ular siyosiylashgan so‗zlar edi. Biroq 
60-yillarga kelib aruzga munosabat o‗zgara boshladi. Uning o‗zbek adabiyoti
she‘riyatidagi o‗rni tiklanibgina qolmay, E.Vohidov, J.Kamol A.Oripov, 
J.Jabborov kabi shoirlar ijodida yuksak bosqichga ko‗tarildi. 90-yillarga kelib 
garchand she‘riyatimizda she‘riy janrlar soni kengaygan bo‗lsada, ammo aruzga 
bo‗lgan munosabat ham to‗xtab qolmadi. Bu davrda g‗azalchilik an‘analari davom 
etganligini kuzatish, ilmiy tahlil qilish ishning dolzarbligini belgilaydi. 

Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling