Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
25 boshlanib, murakkablik inson kechinmalari jonsiz predmet orqali ochiladi, murakkab oddiylik tabiat va insoniy ongning mutanosibligida beriladi, barmoqda badiiy tafakkur bevosita oshiq ruhiy holatining oddiydan murakkabga tomon sharhlanishida aks etadi; 3)Aruzda lirik qahramon-oshiq kechinmalari ―pardali‖ tarzda aks etsa, barmoqda lirik qahramon kechinmalari ochiqdan- ochiq shaxs hissiyotlari zaminida beriladi. Ijodkorning ―muhabbat‖ga bo‗lgan munosabati bevosita aks ettirilgan. Badiiy obraz kechinmalari oshkora tasvirlanib, ayni damda, kechinmalar oshiqni boshqarib borgan; 4)Aruzdagi ―sahl-ye mumtani‖ning mohiyati, kuchi ham shundaki, ―oddiy, jun odatga aylangan, me‘yoriy, boshqalardan alohida xususiyatlari bilan ajralib turmaydigan fikrlash zaminida ancha murakkab va nozik kechinmalar ko‗lamining ochilishi mumtoz g‗azalda bosh mezon sanalib, yuksak badiiylikni ta‘minlaydi. Ya‘ni aruzdagi murakkablik ham ―oddiylik‖ pardasida berilsa, barmoqda murakkablik bevosita ifodalanadi. Navbatda A.Oripovning ―G‗azal‖ deb nomlangan g‗azalini taqqoslashni lozim topdik. Ushbu g‗azal ham janr uchun an‘anaviy bo‗lgan ishq mavzusida. Matla‘ning o‗zidanoq ishq hamda ishqdagi ta‘sir va aks ta‘sir munosabati falsafiy mushohada orqali bayon etila boshlanganligiga guvoh bo‗lamiz. Ayni damda g‗azal aruzning boshqa bir vaznida - hazaji musammani solimda bitilgan: V- - - - / V- - -/ V - - - / V - - - O‗-qur-man deb/ xi-tob et-din,/ xi- to-bing ich/ra men bor-man. V - - _ / V - - - / V - - - / V - - - G‗azaldagi ―lirik kahramon‖ aynan g‗azal janri uchun xos bo‗lgan an‘anaviy mavzu — ishqni nafaqat talqin etadi, balki ishqida qat‘iy ekanligini ham isti‘foda etishi bilan birga o‗z dunyoqarashini yoqlab chiqadi. Ishq masalasi ko‗tarildimi, demak, navbatdagi masala unga sodiqlikda ifoda etiladi. Ushbu g‗azalda ishqdagi sodiqlik masalasi tadrijiy tarzda ichki qarama-qarshiliklar zaminida ishonarliroq ifoda etilgan bo‗lib, ayni damda shoir ichki nidosi bo‗lib yangraydi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling