Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
33 A.Oripovning g‗azallari faqat mazmunda emas, balki shakliy poetik xususiyatlari bilan ham klassik janrlar nazariyasining asosiy talablariga javob bera biladi. Ularga xos bir xususiyatni alohida tilga olish joiz. Bu - ularning, asosan, ramal vaznida yozilgani hisoblanadi. Ramal mumtoz adabiyotimizda turkiy tilning vazni, turkiy tilning tabiatiga nihoyatda muvofiq kelishi ilmda isbotlangan. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy g‗azallarining katta qismi ayni shu vaznda ekanligi ham bu da‘voning dalilidir. Abdulla Oripovning «Furqat nidosi», ―Ketmokdaman‖, ―Bul ajab‖, ―Bu kun‖, ―Noma‖ singari g‗azallari ham ramalda bitilgan. Vahki ishq sahrosida qoldim beishq tanho bu kun, Chiqma Qays ohim bilan yonmokda bu sahro bu kun. Ushbu g‗azalda ramalning rukni-foilotun sakkiz marta qo‗llanilgan. Faqat oxirgi ruknda u to‗liq holda emas, balki maqsur holatida uchraydi. Shunga ko‗ra bu vazn nomi - ramali musammani maqsurdir. Yaxshi qol ey, dilbarim dilda qadar ketmokdaman, Ishq aro endi holim zeru-zabar ketmoqdaman 1 . matla‘li g‗azal ham, shuningdek, ―Noma‖, ―Furqat nidosi‖ kabi g‗azallari ham shu vaznda yozilgan. Bularning hammasida an‘anaviy shakllarda yangi ma‘no, yangi mazmun ifodalanishiga ham boy imkonlar berishini ko‗rsatib turibdi. Endi boshqa bir misolga murojaat qilaylik: Bul ajab xor kimsadin imdod so‘raydi xorlar, Siz bemor ko‘ksiga bosh urmangiz, ey bemorlar. Bu satrlar ham ramal bahrida yozilgan, faqat u ramali musammani mahzufdir. Bir qarashda sodda ko‗ringan bu vazn shoirdan ancha mahorat talab qilganiga shubha yo‗q. Zero, uning paradigmasi: - V - - - V - - - V - - - V - 1 Ushbu g‗azal tahlili haqida qarang: V.Qodirov. Hozirgi zamon g‗azallari poetikasining ayrim xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi diss. ... avtoref. - Toshkent, 1993. - 15-16 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling