Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
39 yigit koni zarar, Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar ketmoqdaman. Xullas, Abdulla Oripov uchun g‗azal yozish ham ichki ruhiy va fikriy ehtiyojdir. Shoir g‗azal shaklining imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanadi. An‘anaviy ma‘no va timsollarni zamonaviylashtiradi, zamondoshlarining ko‗ngliga yetib boradigan haqiqatlarini aks ettiradi. Bizningcha, uning «Vahki ishq sahrosida qoldim beishq tanho bu kun», «Bu ishq sirrin kitob etting, kitobing ichra men borman», «Agar yoring xirom etsa sabolardan ayon bo‗lg‗ay» misralari bilan boshlanadigan she‘rlari ham g‗azalning eng yorqin namunalaridandir. Shoir ijodining Ushbu yo‗nalishdagi asosiy jihatlari yuqoridagilardan iborat. Ularni yakunlab shunday deyish mumkin: Mumtoz adabiyotimizning o‗zak mag‗izlaridan biri bo‗lgan tasavvuf she‘riyatidagi ilg‗or an‘analar XXasrda ham, XXI asrda ham o‗ziga xos shakl va shamoyillarda davom etmoqda. Buning eng yorqin misoli Abdulla Oripov ijodidir. Tasavvufning ta‘siri degan paytda uning klassik variantdagi barcha usullarini, barcha mazmun qirralarini yaxlitligicha davom etishini tushunish biryoqlamalik bo‗lar edi. Bunda Abdulla Oripovning shaxsiy individual uslubi, poetik olami, badiiy estetik qarashlariga asos va uyg‗un jihatlar haqida gapirish o‗rinli bo‗ladi. Haqiqiy ijodkorlar an‘ana doirasida turib ham, kashfiyotlar qilishi mumkinligini Abdulla Oripov ijodi misolida yana bir marta tasdiqlanadi. Birgina g‗azal yoki ruboiy (to‗rtlik) shaklining o‗ziyoq shoir uchun juda katta sinov maydoni bo‗lganligini ko‗rsatib o‗tish mumkin. Ushbu an‘anaviy shakllar orqali ham shoir o‗z zamonasining eng dolzarb muammolarini yuksak badiiy shakllarda ifodalab bera olgan. Buning ustiga bu ifodalarning yangi, ohori to‗kilmagan tarzdagi ko‗rinishi mazkur she‘riy shakllarda ham yangicha mazmun va jarang bag‗ishlagan. Qisqacha qilib aytganda, haqiqiy iste‘dod uchun har qanday holatda ham o‗zligini ko‗rsatish, o‗zining shaxsiy ―men‖ini namoyon qilish mahoratning oliy talabi, shu talabga javob berganligi uchun ham bunday asarlar o‗quvchilar qalbiga yaqin va ardoqli bo‗lib qolaveradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling