Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 
45 
Aruz haqida so‗zlar ekan, shoir ―qofiya va radifning chegaralangan 
sirtmog‗i‖ni alohida ta‘kidlaydi. Bu bilan shoir aruz ijodkorni cheklaydi demoqchi 
emas. Barmoq vaznida yozilgan she‘rlar ham shakliy va ma‘no jihatidan ritm, 
turoq, band, qofiyalarning ma‘lum bir tartibini talab qiladi va har qanday 
she‘riyatning o‗ziga xos ―sirtmog‗i‖ bor. Masalan, shoir sonet yozmoqchi ekan
mantiqiy-hissiy fikrlashdan tashqari, qofiya va bandlarning qoidasiga ham rioya 
qilishi zarur. Bu fikr g‗azal, tuyuq, muxammas, ruboiy, masnaviy – mumtoz 
adabiyotimizning barcha janrlariga taalluqli qonun-qoidadir. 
Bizningcha, shoir sirtmoq deganda ana shunday nazariy qoidalarni nazarda 
tutadi. O‗rtamiyona ijodkor mavjud qofiyalar va radiflar sirtmog‗idan chiqib keta 
olmaydi, ya‘ni o‗zi birorta yangi qofiya va radifni kashf etolmaslikdan tashqari
yangi poetik fikr, original poetik tasvirni bera olmaydi. Talantli shoir esa mavjud 
qofiya va radiflar tizimiga yangilarini qo‗shadi, poetik ifodani boyitadi. Aytish 
mumkinki, J.Jabborov aruz vaznida yozgan she‘rlarida ana shunday 
imkoniyatlarini namoyish qildi. Bu jihatdan uning Alisher Navoiy g‗azaliga 
tatabbusi xarakterlidir. Shoir Navoiyning mashhur «El netib topgay menikim, men 
o‗zimni topmasam» misrasi vositasida ma‘lum darajada badiiy-estetik 
prinsiplarini, yashashdan maqsadini, demak, lirik qahramonining o‗ziga xos 
olamini bayon etadi:
Men nechuk shoir bo‘lurman, o‘z so‘zimni topmasam, 
O‘z so‘zim birlan demakim, o‘z yuzimni topmasam. 
Shoir o‗z so‗ziga, o‗z ovoziga ega bo‗lishi kerak, bu uning ma‘naviy adabiy 
qiyofasini, ya‘ni shoir sifatidagi shaxsiyatini belgilaydi.
Agar bu g‗azal Navoiy darajasida desak, mubolag‗a bo‗ladi. Bu yerda 
muhimi shundaki, shoir Navoiy g‗azaliga murojaat orqali o‗z qarashini, shaxsini 
poetik ifodalaydi va o‗quvchini yana ulug‗ shoir huzuriga yetaklaydi. Zotan, 
o‗tmish buyuklariga murojaat qilishning ham asosiy ahamiyati shunda. J.Jabborov 
hayotda bag‗oyat kamtar inson bo‗lgani uchun, lirik qahramoni tabiatida ana shu
fazilat tipik namoyon bo‗ladi. J.Jabborov Alisher Navoiyni komil inson, ideal shoir 
sifatida ko‗radi. O‗zi ham Navoiydek bo‗lishni istaydi – bu shoirning orzusi, ammo 



Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling