Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
48 Taxmis vazn jihatidan ham, mazmun e‘tibori jihatidan ham Bobur g‗azaliga mutanosibdir. Sirojiddin Sayyid Navoiyni ko‗p o‗qiydi. uning she‘rlarida ulug‗ Navoiydan, mumtoz she‘riyatimizdan bahramandlik ta‘siri sezilib turadi. Chaman ichra o‘zi ham bir atirgulday bo‘lib qolgay, Dilimning qoniga bulbul qanotin gar bulab qo‘ysa… Menga xanjar bilan shamshir tig‘iga hargiz hojat yo’q, Uzun mijgonlarni gar nigorim bir qadam qo‘ysa. Bu baytlarda mumtoz adabiyotimizga xos joziba ufurib turibdi. Sirojiddin Sayyid she‘rlaridan birini ―Navoiyni o‗qish‖ deb nomlagan. Uning fikricha, ―Har bir kalla, har bir bosh jaholatdan qo‗rqishi kerak. Har bir bola, har bir yosh Navoiyni o‗qishi kerak‖. Navoiydek ulug‗larni o‗qimaslik, anglamaslik jaholatga olib kelishidan ogoh qilishni burch deb bilgan shoir ―Har bir ota, har bir mo‗ysafid Umr hikmatlarin ko‗rsatib, Nafs arqonlarin qirqishi kerak‖, deya ta‘kidlaydi. Ulug‗ salaflar mahorat maktabidan o‗rganish samarasi bo‗lsa kerak, Sirojiddin Sayyid she‘rlarida teran falsafiy fikrlarning betakror poetik ifodasi darajasidagi baytlar, bandlar anchagina. Hazrat Yassaviyning ―Ko‗ksimdagi zangorlarim ketarmukin‖ misrasiga tazmin o‗laroq yaratilgan she‘ri, hadislarning nazmiy talqinlari, xalqona hikmatlar singdirilgan asarlari buning isbotidir. Bir qarashdan sodda tuyuladigan, lekin o‗quvchini umrning mazmuni, olam va odamning mohiyati haqida mushohada etishga undaydigan mana bu misralar hazrat Yassaviy hikmatlarini esga tushirishi bilan ham ahamiyatlidir. Kelib ketmoq o‗yin ermas, sayohat yo ziyorat, Umr yo‘li zahmatlaru mehnatlardan iborat. Ko‗ngillarga qurdingmi bir ko‗prikmi yo imorat? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling