Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
49 Qurganlaring o‗zingniki, qurmaganing gumondir. Ko‗ngillarga imorat qurish, vayron dilni obod etish haqida ko‗p yozilgan. Sirojiddin Sayyidning ushbu bitiklari ularning birortasiga o‗xshamasligi bilan ham qimmatlidir. Ifodaning ixchamligi va poetik jozibasi, hech bir zamonda eskirmaydigan mavzularning ohorli talqini, kutilmagan go‗zal tashbehlar qo‗llay olish – Sirojiddin Sayyid she‘riyatiga xos xususiyatidir. Uning uchun she‘riyat ―Vositai joh‖ emas. Shoirning o‗z e‘tiroficha, ―Olamda eng og‗ir - So‗z yo‘lidir‖. Bu yo‘ldan yurish oson emas. ―G‗afur G‗ulom siyohdoniga‖ she‘rida betakror ifodalanganidek: Ulug‘ shoirlarning qalbi siyohdon bo‘lgan, Yozsa yurak qoni bilan yozgan, siyoh qon bo‘lgan. Sirojiddin Sayyid ana shu sermashaqqat, ―No‗shi bir bo‗lsa, nishi ming, rohati bir bo‗lsa, tashvishi ming‖( Ogahiy) yo‗lning sabrli yo‗lchilaridandir. Chinakam she‘riyatga tashna qalblar malhami bo‗lgan she‘rlari shoirdan mudom benazir asarlar kutishga umid uyg‗otadi. Ushbu mavzu bo‗yicha xulosa qiladigan bo‗lsak, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy kabi shoirlar ijodidan ta‘sirlangan, shoirlar E.Vohidov, A.Oripov, Jumaniyoz Jabborov, S.Sayyid aruz vaznining masnaviy, tuyuq, g‗azal, muxammas janrlarida ham barakali ijod qildilar. 50 II BOB BO„YICHA XULOSALAR. 1. 90 yillar o‗zbek she‘riyatida ijod qilgan shoirlarning aruzdagi she‘rlari bilan barmoqdagi asarlari shakl, vazn e‘tiboridan farqlanadi; obrazli fikrlash, falsafiylik jihatidan umumiylik kasb etadi. 2. G‗azallarning mavzu yo‗nalishi va tuzilishiga ko‗ra turlari: Keyingi davrlarda g‗azalning mavzu yo‗nalishi kengayib borgan.: Shu tariqa, g‗azal mavzusi insonning keng, intim tuyg‗ulari bilan birga ijtimoiy-hayot muammolarini ham qamrab oladigan bo‗ldi. 3. Aruz bugungi davr she‘riyatida yetakchi o‗rinni egallamasa ham, kitobxon ehtiyojiga javob bera oladigan, iste‘dodli shoirlar tomonidan qo‗llanilayotgan adabiy vosita. Download 448.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling