51
XULOSA
O‗tgan asr boshlarida − hayotdagi ijtimoiy o‗zgarishlar tufayli Yevropa va rus
lirikasi janrlarning adabiyotimizga kirib kelishiga yo‗l ochildi.
Xorijiy janr
o‗qish yo‗li bilan, to‗g‗ridan-to‗g‗ri andoza olish va tarjima qilish qilish orqali
kirib keldi. Demak, har bir davr va adabiy jarayonning o‗z
janrlar tarkibi
bo‗ladi. Bunday xususiyat har bir katta-kichik shoir ijodi uchun ham xos.
Janr adabiy jarayonda quyidagi olti xil holatni boshidan kechiradi:
An‘anaviylik;
Boshqa xalqdan o‗tish;
Yangidan tug‗ilish;
Eski janrning goho ―o‗lishi‖;
Janrning lirik belgilariga ega yoki ega bo‗lmaslik;
Janrlikka intilayotgan she‘rlarning mavjudligi;
1. Yangi davr she‘riyatida g‗azalchilik an‘analari Habibiy, Charxiy,
Chustiy, E.Vohidov, J.Kamol kabi o‗nlab
shoirlarimiz tomonidan
muvaffaqiyatli davom ettirildiki, g‗azalni hozirgi she‘riyatda ham nisbatan faol
bo‗lgan janrlardan sanash uchun yetarli asos bor.
2. 60-yillarga kelib aruzga munosabat o‗zgara boshladi. Uning o‗zbek
adabiyoti, she‘riyatidagi o‗rni
tiklanibgina qolmay, E.Vohidov, J.Kamol
A.Oripov, J.Jabborov kabi shoirlar ijodida yuksak bosqichga ko‗tarilgan.
3. E.Vohidovning mumtoz adabiyotning bugungi
kunda yangilangan janri
bo‗lmish g‗azaldagi merosi A.Oripovnikidan miqdor jihatidan salmoqliroq.
Shoir bu janrga ko‗p va xo‗b murojaat etadi. A.Oripov ijodida g‗azallar miqdori
kam bo‗lsa-da, shoir g‗azal janriga oz va soz murojaat etadi. Ikki ijodkor ushbu
janrda ham xaqiqiy iste‘dod namunasini ko‗rsata olgan.