Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари


Download 448.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/44
Sana11.10.2023
Hajmi448.57 Kb.
#1698163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti

 

baytlardir.(T.Boboyev darsligi, 481 bet). 
Mumtoz she‘riyatdagi janrlar borasidagi novatorlik janrdagi o‗zgarishlarni va 
ularning yashovchanligini unda aks etayotgan mazmun taqozo etadi. Chunki 
mazmun eski janrni o‗ziga moslaydi, janr esa mazmunga ayrim o‗zgarishlarga 
bardosh bergan holda moslashadi. Agar janr buni istamasa, yangi mazmun 
ifodasiga zid tursa, an‘anadan chekinmay, yangilanish yo‗liga o‗tmasa u to‗siqqa 
aylana boshlaydi. Birorta janr, shu jumladan lirik janrlar ham mavzuga betarafdir. 
O‗tgan asr boshlarida − hayotdagi ijtimoiy o‗zgarishlar tufayli Yevropa va rus 
lirikasi janrlarning adabiyotimizga kirib kelishiga yo‗l ochildi. Xorijiy janr o‗qish 
yo‗li bilan, to‗g‗ridan-to‗g‗ri andoza olish va tarjima qilish orqali kirib keldi. 
Demak, har bir davr va adabiy jarayonning o‗z janrlar tarkibi bo‗ladi. Bunday 
xususiyat har bir katta-kichik shoir ijodi uchun ham xos. 
Janr adabiy jarayonda quyidagi olti xil holatni boshidan kechiradi: 
An‘anaviylik;
Boshqa xalqdan o‗tish; 
Yangidan tug‗ilish; 
Eski janrning goho ―o‗lishi‖; 
Janrning lirik belgilariga ega yoki ega bo‗lmaslik; 
Janrlikka intilayotgan she‘rlarning mavjudligi; 
Zamonaviy she‘riyatning yetakchi tamoyillari haqida gapirganda, avvalo 
mumtoz she‘riyatdagi mavjud she‘riyat janrlarining an‘anaviylik tamoyillari 
asosida taraqqiyot etayotganligini qayd etish kerak. Bu tamoyillar yoniga ularda 
realistik xususiyatning kashf etilganligini ham aytish lozim. Endi misollarga 
murojat qilaylik: 
Yangi o‗zbek adabiyotida Cho‗lpon, Hamza izidan borib, aruzda yozilgan 
―Qalandar ishqi‖, ―Daryo bo‗yida‖ kabi g‗azallarida to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishdagi, 
realistik, oddiy xalq tiliga dadil murojat qildi. Bu hol o‗zbek g‗azali uslubini 
chinakam yangi izga solishga xizmat qildi. Shakl mazmundorligi va tuzilishiga 
ko‗ra shoir an‘anaviy obrazlar safini boyitdi. G‗azal poetikasi yangi mavzu, yangi 
mazmun, yangi istifo va yangi ifodalar bilan boyidi. G‗. G‗ulom, H. Olimjon, 



Download 448.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling