Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti. 2-savol. Yangi o’zbekistonda fuqarolik jamiyati nazariyasining manaviy-ma’rifiy asoslari tayanch tushunchalar


Download 48.84 Kb.
bet3/8
Sana09.02.2023
Hajmi48.84 Kb.
#1180217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу

Modernizatsiya yondoshuvi. Modernizatsiya konsepsiyalarida (A. Turen, Yu. Xabermas, E. Giddens, Z. Bauman va b.) fuqarolik jamiyati a’anaviy jamiyat o’rnini egallagan yoki zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan belgilarni shakllantiradigan jamiyati tushuniladi.
Har qanday ijtimoiy tuzum, tarixiy davr o‘ziga xos maqsadlar, talab va ehtiyojlar asosida kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuksalishiga ta’sir ko‘rsatadi, ular faoliyatiga muayyan yo‘nalish beradi. Hozirgi davrda, O‘zbekistonda barpo qilinayotgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, millati, jinsi, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, shu yurtda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning erkin va farovon yashashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Mamlakatni modernizatsiya qilish nimadan iborat? Modernizatsiya tushunchasi nimani anglatadi?
Modernizatsiya fransuzcha (modern) so‘z bo‘lib, “zamonaviylashuv”, “yangilanish” ma’nolarini anglatadi. Hozirda, modernizatsiya tushunchasi ilmiy adabiyotlarda uch xil ma’noda talqin qilinmoqda:
1) yangi davr Yevropa davlatlariga o‘xshash G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarining ichki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
2) dunyoning ilg‘or, yuksak taraqqiy topgan davlatlari darajasiga yetishga intilayotgan Janubiy Sharqiy mamlakatlari modernizatsiyasi;
3) taraqqiy etgan (G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika), modernizatsiyalashgan jamiyatlarning evolyutsion rivojlanish jarayoni.
Yuqorida bayon qilingan ilmiy talqinga qo‘shimcha qilib shuni ta’kidlash lozimki, XX asr to‘qsoninchi yillaridan boshlab, sobiq sho‘ro davlati hududida tashkil topgan mustaqil davlatlar, xususan, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar, o‘z navbatida modernizatsiyalashuv jarayonining o‘ziga xos tipi shakllanayotganligini ko‘rsatmoqda.
Modernizatsiyalashuv jarayoni asosan uch davrga bo‘lib o‘rganiladi:

Download 48.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling