Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda qoʻllash fanidan


O„qitish metodlarining tasnifi


Download 124.51 Kb.
bet14/17
Sana17.09.2023
Hajmi124.51 Kb.
#1680163
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda qo llash fanidan

O„qitish metodlarining tasnifi. 
O‘qitish metodlari va ularning tasnifi
Reja:
1) O‘qitish metodi tushunchasi va uning turlicha talqin etilishi.
2) O‘qitish metodi – metodik sistemaning bir komponenti sifatida.
3) O‘qitish metodlari tasnifi.
4) Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘qitish
metodlari va ularning tadbig‘i. yoki bu narsaga, haqiqatga yo‘l demakdir)
maqsadga erishish usuli, tartibga solingan faoliyat ma‘nolarini anglatadi.
Metod tushunchasi pedagogika, psixologiya va xususiy metodikalarning
asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, turli pedagog va metodist olimlar tomonidan
turlicha talqin etib kelinmoqda.
Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta‘lim metodi – o‘qituvchi va
o‘quvchining ta‘lim mazmunini o‘zlashtirishga qaratilgan o‘zaro aloqador, ma‘lum
ketma-ketlikdagi faoliyat tizimidir.
G.L.Shukinaning ―Pedagogika‖ kitobida o‘qitish metodiga quyidagicha ta‘rif
beriladi. ―O‘qitish metodlari bu darsda o‘quv-tarbiya maqsadlariga qaratilgan
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi ish faoliyatidir‖.
O.Roziqov, M.Maxmudov, B.Adizov, A.Hamroyevlarning ―Ona tili
didaktikasi‖ darsligida ta‘lim metodiga quyidagicha ta‘rif keltirilgan:
―Ta‘lim metodi – o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma‘lumot mazmuniga
yo‘nalgan faoliyatini tartibga solish yo‘lidir‖.
L.N.Skatkin o‘zining kitobida o‘qitish metodiga quyidagicha ta‘rif berdi:
O‘qitish metodlari – bu darsda o‘quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish
usulidir.
Bu ta‘rifga buyuk psixolog I.Ya.Lerner ham qo‘shiladi. Lekin, uslubshunos
olim Nikandirov o‘zining doktorlik dissertasiyasida o‘qitish metodlariga ta‘rif
berar ekan ―O‘qitish metodlari bu darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini
boshqarish usullaridir‖ deb ta‘kidlaydi.



Moskva shahridagi ―O‘qitish mazmuni va metodlari ilmiy tadqiqot ishlari‖


institutining biologiya sektorida o‘qitish metodlariga quyidagicha ta‘rif berildi:
―O‘qitish metodlari – bu darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ish faoliyati
bo‘lib, uning evaziga o‘quv tarbiya ishlari hal etiladi‖.
Yoki shu institutning ―Boshlang‘ich ta‘lim‖ sektorida A.M.Pishkalo
rahbarligida quyidagicha ta‘rif keltirildi:
O‘qitish metodlari – bu darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi
faoliyati bo‘lib, uning evaziga bilim beriladi, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi,
o‘quvchilarda dunyoqarash va mustaqil ishlash elementlari shakllanadi, ular
hayotga va mehnatga tayyorlanadi.
O‘qitish metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari
usuli bo‘lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarga
erishiladi, o‘quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari
rivojlanadi.
S.I.Perovskiy, Ye.V.Golant o‘qitish metodlarini tasnif etishda ta‘lim
manbalarini hisobga olishgan. Ular o‘qituvchi nutqi, ko‘rgazma qurol, darslik
hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ta‘lim manbalari sifatida qarab, ta‘lim metodlarini
3 guruhga ajratishgan:
1) Bilimlarni og‘zaki bayon etish
2) Ko‘rgazmali
3) Amaliy metodlar
M.A.Danilov, B.R.Yesipov o‘zlarining qator ishlarida ta‘lim jarayonining
turli zvenolarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, ta‘lim metodlarini
quyidagi guruhlarga ajratishgan.
1) bilimlarni o‘rganishga oid metodlar
2) malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga oid metodlar
3) bilim va malakalarni tadbiq etish metodlari
4) ijodiy ishlash metodlari
5) bilim va malakani mustahkamlash va tekshirish metodlari



M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner ta‘lim metodlarini tasnif etishda o‘quvchilar


faoliyati xususiyatlarini e‘tiborga olishgan va quyidagi guruhlarga ajratishgan:
1) izohli-ko‘rgazmali metodlar
2) qayta eslashga oid standart metodlar
3) muammoli bayon metodi
4) evristik metodlar
5) ilmiy ishlash metodlari
M.I.Maxmutov ta‘lim metodlarini tasnif etishda o‘qitish usullari
bilan o‘qish usullarini o‘zaro qo‘shilishini taklif etadi va quyidagi guruhlarga
ajratilgan metodlarni keltiradi:
1) xabar-umumlashtirish metodlari
2) izohli va eslashga oid metodlar
3) ko‘rsatmali-amaliy metodlar
4) izohli-rag‘batlantiruvchi metodlar
5) qisman izlanishga oid metodlar
6) izlanish metodlari
O.R.Roziqov o‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro ta‘sir
mohiyatidan kelib chiqib, ta‘lim metodlarini ikki guruhga ajratadilar:
1) o‘zaro ta‘sirni tashkil etish va boshqarish metodlari;
2) o‘zaro ta‘sir natijasini nazorat etish metodlari.
L.N.Skatkin (metodist olim) o‘z kitobida barcha o‘qitish
metodlarini 2 guruhga ajratib ko‘rsatadi:
1) Reproduktiv metodlar
2) Produktiv metodlar
A.M.Pishkalo ―Методика преподавания математики в I-III
классах‖ deb nomlangan kitobida o‘qitish metodlarini 2 guruhga ajratib bayon
etadi:



1) Bu guruhga o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsdagi faoliyatlarini tashkil


etishga qaratilgan metodlar: tushuntirish, bayon etish, suhbat, o‘quvchilarning
mustaqil ishlarini kiritadi.
2) Bu guruhga bilim olish manbalaridan kelib chiqadigan metodlarni
kiritadi: o‘qituvchining og‘zaki nutqi, kitob ustida ishlash, ko‘rgazmali qurollardan
foydalanish, o‘quvchilarning amaliy ishlarini kiritadi.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari bir necha
guruhlarga bo‘linadi:
I. O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha og‘zaki, ko‘rsatmali va
amaliy metodlar.
II. O‘quvchi fikrining yo‘nalishi bo‘yicha: induksiya, deduksiya va
analogiya.
III. Pedagogik ta‘sir, boshqarishning darajasi, o‘quvchilarning o‘qishda
mustaqilliklari darajasi bo‘yicha: o‘qituvchi boshchiligida bajariladigan o‘quv
ishlari metodi, o‘quvchilarning mustaqil ishlari metodi.
IV. O‘quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasi bo‘yicha: izohli-
illyustrativ metod; reproduktiv metod; bilimlarni muammoli bayon etish metodi;
qisman izlanish va tadqiq qilish metodi.
I. O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha og‘zaki, ko‘rsatmali va
amaliy metodlar
1. Og‘zaki metodlar
a) Tushuntirish
b) Suhbat
d) Hikoya
e) O‘quvchilarning kitob bilan ishlashlari
2. Ko‘rsatmali metodlar: O‘qitishning ko‘rsatmali metodlari – o‘quvchilarga
kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi.
3. Amaliy metodlar. Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va
mukammallashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar o‘qitishning amaliy



metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og‘zaki


mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba‘zi turlari kiradi.
II. O‘quvchi fikrining yo‘nalishi bo‘yicha: induksiya, deduksiya va
analogiya
Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda
o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga
boradi.
Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan
xulosadir. Boshlang‘ich sinflarda juda ko‘p tushunchalar yoki qoidalar induktiv
tarzda o‘rganiladi.
Deduksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bu yo‘l
umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.
Deduksiya bu umumiy qoidalardan xususiy misollarga va
qoidalarga o‘tishdir.
Analogiya metodi – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba‘zi
belgilarining o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham
o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi.
Analogiya ―Xususiydan xususiyga boradigan‖, bir konkret
dalildan boshqa aniq dalilga boradigan xulosadir.
Butunni uning tashkil etuvchi qismlarga ajratishga yo‘naltirilgan fikrlash
(tafakkur) usuli analiz deb ataladi.
Predmetlar yoki hodisalar orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan
tafakkur usuli sintez deb ataladi.
Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning
o‘xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat.
Umumlashtirish – bu o‘rganilayotgan ob‘yektlardan umumiy muhim
tomonlarini ajratish va ularni muhim bo‘lmaganlaridan ajratishdan iborat.






Download 124.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling