Янги китоб
Me’yorlashtirish funksiyasini
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Me’yorlashtirish funksiyasini boshqarish va ishlab chiqarish jarayonida
turli elementlarning sifatiy va miqdoriy baholanishini ilmiy asoslangan hisobli kattaliklarni ishlab chiqish jarayoni deb ko’rsatish mumkin. Rejalashtirish funksiyasi rejali turli davrlarda ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va har bir bo’linma uchun aniq vazifalarni aniqlashni ko’rsatadi. 48 madaniy, ma’naviyat kabi omillarga duch keladi. Tashkilot uchun maqsadlarni qanday tanlash, ularga erishish uchun qanday qaror yoki yechim qabul qilish kerak, resurslarni taqsimlash, muhitga moslashtirish, ichki o’zaro ta’sirlarni muvofiqlashtirish kabi masalalar hal qilinish tartibi ishlab chiqiladi. Tashkilotda mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish doirasidan kelib chiqib, uni yana iste’molchiga yetkazish, xarid qilish ham nazarda tutilishi lozim. Barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini o’zgarishi navbatdagi mahsulot aylanishini rejalashtirishdagi tizim hajmiga ham ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turining qiymatiga ta’sir etadi: saqlash, mahsulot hajmi, bekor turib qolish. Rejalashtirishning mohiyati chuqur, atroflicha ishlab chiqilgan majmui reja bo’lib, tashkilotning bosh vazifasi (missiyasi)ni ro’yobga chiqarish va uning maqsadlarini amalga oshirishdir. Ishlab chiqilgan rejani tashkil etish muhim bosqich. Tashkilotning ichki xo’jaligini yuritish, boshqarish pog’onalari, rahbarlar, bo’ysunuvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarni belgilash hamda, tashkilot doirasida yechiladigan masalalarni taqsimlash kabi tashkil etish tezkor bo’lim xodimlariga yuklatiladi. Ularni uch guruhga bo’lish mumkin: xodimlarning materiallardan foydalanishlari (mehnat qurollari, ishlab chiqarish vositalari va h.k.) bilan bog’liq munosabatlar natijasida shakllanadigan masalalar (mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bilan bog’liq oddiy ishchi-xodimlar bajaradigan ishlar); xodimlar bilan axborotlar orasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan masalalar (iqtisodchi, hisobchi, muhandis – konstruktor, tahlilchi - matematiklar va h.k. mutaxassislar va hujjatlar bilan ishlovchi texnik yoki ijrochi xodimlar bajaradigan ishlar); xodimlar o’rtasidagi munosabatlar natijasida shakllanuvchi masalalar (quyi boshqarish pog’onasi menejerlari bajaradigan ishlar). O’zaro munosabatlarni tashkil etish jarayonida masalalar, vakolatlar yuqoridan quyiga qarab uzatiladi (taqsimlanadi). Bunda masala va vakolatning o’zaro mos tushishiga alohida ahamiyat berish zarur bo’ladi. Har bir masalaning mos ravishdagi vakolat (tashkilot doirasidagi resurslardan foydalanishning cheklangan huquqi) bilan ta’minlanmasligi resurslarning ishlatilishiga va mos ravishda ishlarning bajarilmasligiga olib keladi. Bu tashkilot faoliyatining samarasizligini keltirib chiqaradi. Tashkilotda rejalar ishlab chiqilishi, maqsadga muvofiq tuzilma samarali axborot uzatish, yuqori darajada tashkil etish, zamonaviy jihozlar o’rnatilishi, texnologiyalar bo’lishi mumkin. Ammo tashkilot a’zolari kerakli darajada ishlamasalar barcha imkoniyatlar yo’qqa chiqadi. 49 Kishi mashina emas, uning ishi kerak bo’lsa «ulash» mumkin bo’lsin. Xodim samarali boshqarilishi uchun uning tayyorligi, xohishi, ixlosi, ko’rinishi, rag’bati, kayfiyati, hafsalasi, ya’ni moyilligi (motivastiya) bo’lishi kerak. Bu ta’sirlar boshqarish organlari ishlarini faollashtirib, ishlab chiqarishni boshqarish sistemasining samaradorligini oshiradi. Motivatsiya - bu kishini faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlar yig’indisi, faoliyatga chegara, shakl beradi, bu faoliyatga yo’nalish ko’rsatadi, ma’lum maqsadlarga erishish yo’lini mo’ljallaydi. Motivatsiya tavsifini – tushunish uchun kishi ehtiyoji, S ababi rag’batlantiruvchi omillar, urinish, qat’iyat, halollik, biror maqsadga qaratilganlik kabi faoliyat tavsiflarini aniqlay bilish kerak. Bir ishni kishi har xil kuch sarflab bajaradi. Demak, har xil harakat qilishi mumkin. Motivatsiya kishi faoliyatini majbur etishga, ma’lum harakat qilish, ma’lum darajada qatiyatlik, halollik bilan maqfsadlarga erishishga qaratilgan kuchlarning yig’indisidir. Motivatsiya jarayon bo’lib, u quyidagi bosqichlardan iborat: ehtiyojlarning paydo bo’lishi; ehtiyojlarni bartaraf etish yo’llarini izlash; harakatlar yo’nalishini aniqlash; harakatni amalga oshirish; rag’batlantira olish uchun harakatni amalga oshirish; ehtiyojni bartaraf etish. Bu bosqichlar o’zgaruvchandir. Shu sababli moyillikning mazmuniga va jarayoniga oid nazariyalar bor. Motivatsiya jarayonining nazariyasi inson ko’nglini faoliyatga majbur etishga qaratilgan. Motivatsiya jarayoninig nazariyasi kishini ma’lum xulqqa mo’ljallab ish ko’rishini ifodalaydi. Bunda maqsadga erishish uchun kimnidir rag’batlantirish jarayonidir. Ehtiyojlar rag’batlantirilishi bilan qondirilishi mumkin. Rag’batlantirishning mexanizmi, mazmuni, bahosi, echimi o’rganilishi kerak. Kishilarning talablari, kutishlari va haqqoniy taqdirlanishni tushunishlari va to’g’ri qabul qilishlari orasidagi munosabatlarni o’rganish, ular Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling