Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Boshqarish usullari - bu rahbar xodimlarning asosiy boshqarish usullari va
mexanizmlari bo‘lib har qanday ishlab chiqarish samaradorligi, natijalarini shu
usullardan oqilona foydalanishga har tomonlama bog’liqdir. Zamonaviy boshqarish
usullari iqtisodiy faoliyatda muhim o‘rinni tutib, quyidagilar asosida ish olib
boradi:
1.Iqtisodiy boshqarish usuli.
2.Tashkiliy-ma’muriy usuli.
3.Ijtimoiy-psixologik usul.
4.Ma’naviy ma’rifiy usul.
5.Huquqiy usul.
6.Kibernetik usul.
1.Iqtisodiy boshqarish usuli quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi: maqsadli
rejalashtirish, iqtisodiy tahlil, moliya, kredit, foyda, qiymat, baho.
2.Tashkiliy ma’muriy usul - bunda korxona va tashkilotni bajaradigan qonun
va qarorlarni qanday tashkil etishini aniq yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin.
3.Ijtimoiy psixologik usul - bunda ijtimoiy rejalar, ijtimoiy himoyalash,
moddiy va ma’naviy rag’batlantirish.
4.Ma’naviy usul - ta’lim tarbiya, mehnat va bozor madaniyati, urf-odatlar,
odob normalari, insoniylik, birlik va xokozalar. Ishlab chiqarishni boshqarish
ob’yektiv omillarga boѓliq bo‘lmasdan, ma’lum darajada sub’ektiv, ya’ni sotsial-
psixologik omillarga ham bog’liq bo‘lib, ishlab chiqarishni boshqarish sistemasiga
iqtisodiy usullar bilan bir qatorda ijtimoiy-psixologik usullar ham kiradi.
Har bir ishlab chiqarish jamoasida ikki turli munosabatlar, ya’ni 1.ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar (reja bo‘yicha ishni bajarish,
mehnatni tashkil etish, texnologik intizom va xokozo) va xodimlarga ijobiy yoki
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik iqlimni belgilovchi jamoa a’zolari o‘rtasidagi
munosabatlar, (bir-birlarini yoqtirish, hurmat qilish). Ijtimoiy-psixologik usul
ishlab chiqarish jamoa o‘rtasida, jamoa bilan rahbarlar o‘rtasida, o‘zaro xodimlar
o‘rtasida o‘rtoqlik va o‘zaro yordam vaziyatlarni yaratishni ko‘zlaydi.


82
Bu usul insonlarni psixologik va ijtimoiy talablariga qarab o‘rganish va
ularni ishlab chiqarishga keng jalb qilishdan, barqarorlikni ta’minlashdan, mehnat
unumdorligini yanada yaxshilashda topshiriq va vazifalarni astoydil sifatli
bajarishda qo’llaniladi. Uning maqsadi boshqarish jarayonida kishilar o‘rtasidagi
ijtimoiy munosabatlarni mohiyatini tekshirish va izohlashni, mehnatni har bir
kishiga ma’naviy qoniqish bag’ishlaydigan vaziyatni vujudga keltiradi.
Bu usulning vazifalari mehnat jamoalarini shakllantirish va rahbar kadrlarni
xodimlarning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda tanlash, xodimlarni
psixologik holatiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ularning mehnat faoliyatini
rag’batlantirish, ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va yangi insonni kamol
toptirishdir.
Bu usul ishlab chiqarish
jamoalarining moddiy, madaniy-maishiy
sharoitlarini tobora yaxshilash, mehnatga rag’batini oshirish, topshiriq va
vazifalarni yuqori darajada bajarishni ta’minlashga qaratadi.
Boshqarishda ijtimoiy -psixologik usullarni qo‘llash har bir rahbardan
korxona va mamlakat miqyosida ijtimoiy o‘zgarishlarni chuqur o‘rganishni talab
qiladi. Rahbar har bir qo’l ostidagi ishchi xodimlarni yoki o‘rinbosarlarni o‘z
ishlaridan mamnun yoki mamnun emasliklarni, uning sabablarini ayrim psixologik
omillar ularni ruhiga, asabiga, qobiliyatiga, malakasiga rag’batlanib borishga va
boshqa xususiyatlarga qanday ta’sir qilishni bilish kerak.
Mehnat jamoasi muayyan ijtimoiy foydali funksiyalarni bajarish uchun
uyushgan odamlar guruhida har doim har qanday muammoni to‘g’ri hal qiladigan
darajada bo‘lishi lozim. Jamoada ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash uchun
korxona rahbari o‘z ishchi xodimlarini to‘g’ri o‘z o‘rnilariga qo’ya olishi uchun,
ularning qobiliyatlari va imkoniyatlarini hisobga olishi shart. Shuning uchun ishchi
xodimlarni quyidagi usullar orqali ishga qabul qiladi:
1.Suhbat usuli - alohida suhbatlashib fikrlarini bilgan holda.
2.Anketa usuli.
3.Tajriba yo‘li bilan qabul qilish.
4.Oraliq muddatda sinash usuli.
5.Sinov - test usuli.
6.Muloqot usuli.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki har bir korxona rahbari o‘z jamoasidan
rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirishda mutaxassislar o‘z malakalari asosida
bo‘lishi, tartib intizomga bo’ysinish va jamoa har doim adolat mezoni bo‘yicha
ishlashi korxona va tashkilotning iqtisodiy rivojlanishiga olib keladi. Bu esa
ijtimoiy psixologik usulni yaxshi tashkil etish demakdir.
Boshqarish usullari orqali boshqarish faoliyatining asosiy mazmuni amalga
oshiriladi.


83
Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo’yilgan vazifalarini o’z vaqtida
yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko‘riladigan
chora-tadbirlarni va ta’sirchan usullarni qo‘llanilishini bildiradi.
Ishlab chiqarish boshqaruvida qo‘llaniladigan barcha usullar o‘zaro uzviy
bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra:
iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-ruhiy bo‘lishi mumkin.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling