Янги китоб


Ish joyi haqida tushuncha va uni tasniflash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Ish joyi haqida tushuncha va uni tasniflash. Mehnatni taqsimlash va
kooperasiyalashning turli shakllarida ishni samarali va yuqori unumli olib borish
uchun ish joylarni to’g’ri tashkil etish va xizmat ko’rsatish kerak. Ish joyi -bu
ishlab chiqarish maydonini chegaralangan uchastkasi bo’lib, ishchi yoki ishchilar
brigadasiga biriktirib, tegishli mehnat vositalari bilan ta’minlangan va muayyan
ishni bajariladigan ishlab chiqarish maydonini bir qismi hisoblanadi Ish joyi har
qanday ishlab chiqarish va mehnat jarayonining birinchi bo’g’ini bo’lib, ish joyida
ishlab chiqarish jarayoni uch elementining barchasi – mehnat buyumlari, mehnat
vositalari va ishchi kuchini birlashtirish natijasida mehnat mahsulotlari ishlab
chiqariladi. Shuning uchun ish joyini to’g’ri tashkil etishga katta e’tibor beriladi.
Ish joyini tasniflashni quyidagi turlari mavjud: 1. Mehnat sharoiti bo’yicha –
normal va og’ir. 2. Кasb bo’yicha-bir xil va bir necha xil. 3. Bajaruvchilar soni
bo’yicha – yakka (indvidual,jamoa.) 4. Uskunalar soni bo’yicha – bir stanokli, ko’p
stanoqli. Ish o’rinlari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ular qanday turkum va
guruhlarga bo’linmasin, ish o’rinlarini tashkil etish uchun umumiy, ma’muriy
talablar ham mavjud. Bu talablar ish joyini tashkil etish, attestasiyalash,
rejalashtirish va rasionallashtirish hisoblanadi. Ish joyini tashkil etish deganda
mehnat buyumlari va mehnat vositalari bilan jihozlash, ularni joylashishi, ish joyiga
xizmat ko’rsatish va attestasiyalash va rejalashtirish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish
tushuniladi. Ish joyini tashkil etish quyidagi elementlardan iborat:
-Ish joyini maqsadga muvofiq texnik jihozlash.
 Mehnat vositalari bilan ta’minlash.
 Ish joyiga o’z vaqtida va yuqori sifatli xizmat ko’rsatish.
 Mehnat sharoitini ta’minlash.


94
Ish joyini planirovka qilishda esa mehnat harakatlarini kamayishi, ishlab
chiqarish jarayonini soddalashtirishi, ishchilar toliqishini kamaytirishga erishiladi.
Кo’p agregatli xizmat ko’rsatishda ish joyidagi agregatlar bir-biriga yaqin bo’lishi,
ular ko’zga tashlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi Ish joyiga xizmat ko’rsatish va
uni ta’minlash to’g’ri tashkil etishni asosi hisoblanadi. Ish joyini normal sharoiti
umumiy tozalik va tartibli bo’lishidan kelib chiqadi. Ish joyi zonasidagi asosiy va
yordamchi uskunalarni joylashtirish tizimi ish joyini planirovkasi hisoblanadi. Ish
joyini to’g’ri planirovkasi mehnat samaradorligini oshirishga va ish vaqtidagi
yo’qotishlarni oldini olish uchun xizmat qiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling