Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Nazorat savollari.
1. Ishlab chiqarish jarayoni nima?
2. Jarayonlar qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
3. Asosiy va yordamchi jarayonlarni tavsiflang.
4. Boshqaruv jarayonlarining rolini ayting.
5. Ishlab chiqarish operatsiyasi nima va uni qanday guruhlash mumkin?
6. Ishlab chiqarish bosqichi deganda nimani tushunasiz?
7. Mexanizatsiyalashtirish darajasi qanday aniqlanadi?
8. Ish joyi deganda nimani tushunasiz, uning qanday tashkil turlarini
bilasiz?


96
7.ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH
TAMOYILLARI VA USULLARI.
7.1. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish tamoyillari.
7.2. Ishlab chiqarish davri, uning davomiyligini hisoblash va qisqartirish yo’llari
Tayanch iboralar: jarayon uzluksizligi, , jarayon proporsionalligi, jarayon
parallelligi, jarayon ritmiyligi, jarayon to‘g‘ri aniqliligi, ishlab chiqarish davri, ish
davri.
7.1. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish tamoyillari.
Ishlab chiqarish tizimi ishlab chiqarish jarayoni, uni bajarish uchun talab
etiladigan
xizmat
ko’rsatish,
muomala,
iqtisodiy,
ijtimoiy,
moliyaviy
munosabatlardan iborat. Shuning uchun tashkilotda mahsulot ishlab chiqarilganda
uning element, operatsiya va jarayonlari rejalashtiriladi, tashkil etiladi. Bordi-yu
ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o’zgarsa, ishlab chiqarish tizimidagi ish hajmi
ham o’zgaradi.
Ishlab chiqarish tizimining barcha texnologik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va
boshqaruv unsurlari, operatsiyalari, jarayonlari oqilona yoki rastional tashkil etilishi
lozim. Bundan buyon erkin iqtisodiy raqobatga asoslangan kurash ketadi, bir
qancha tashkilotlar ham shunday turda faoliyatlar bilan erkin shug’ullanib, xo’jalik
yuritish mexanizmlari taraqqiy etadi.
Korxonada
ishlab
chiqarishni
oqilona
tashkil
qilish,
ya’ni
ixcham,
arzonlashtirilgan, shu bilan bir vaqtda mukammallashtirilgan mahsulot ko’p
hollarda
ishlab
chiqarish
tizimidagi
mutaxassislar,
ijrochilarning samarali
munosabatlariga bog’liq. Har bir ijrochi bajargan ishining natijalariga, shuningdek,
ishlab chiqarish bo’limi va bo’linmalari faoliyatiga to’g’ri baho berishi uchun
topshirilgan topshiriqlar, vazifalarni bajarishga qancha resurs sarf qilinishini bilishi
kerak.
Har qanday ishlab chiqarish resurslar sarfiga bog’liq. Shu sababdan mahsulot
ishlab
chiqarishning
har
tomonlama
asoslangan
resurs sarfi
me’yorlari
yordamidagina to’g’ri hal qilinishi mumkin.
Asoslangan
resurslar sarfi
me’yori,
belgilangan
me’yorlarsiz
ishlab
chiqarishni rastional tashkil qilib bo’lmaydigina emas, shu bilan birga biznes-rejali
xo’jalik yuritish, tashkilotning bir tekisda ishlashini yo’lga qo’yish, tashkilotda
ishlab chiqarish faoliyatining ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin bo’lmaydi.


97
Ishlab chiqarishda vaqt sarfi me’yoriga asosan ishlab chiqarish jarayonlari,
davri, tizimi, xodimlarga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi. Ishlab chiqarishning davrlarini
davom etishiga qarab topshiriqlar hisoblab chiqiladi.
Ishlab chiqarish davrining davom etish muddati infratuzilmalardan ishlab
chiqarish jarayonini boshlash vaqtidan to tugashigacha sarflangan vaqt hisoblanadi.
Korxonadagi barcha mehnat turlarini oqilona tashkil etish uchun ishlab
chiqarish jarayoni yoki xizmat ko’rsatish sohasida bajaradigan ma’lum vazifalari
bo’yicha ijro etilish harakatlarining barcha elementlarini tassavvur qila bilish
lozim. Mehnat jarayonining tavsifi va mazmuni belgilangan ishlab chiqarish
texnologiyalari, moddiy-texnik vositalarni ishlatilishiga bog’liq.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilib, shu tahlil natijalari asosida
ishlab chiqarish jarayonining strukturasini yaxshilash tadbirlari ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni uni oqilona tashkil qilish tamoyillari asosida doimiy
takomillashtirilib boriladi. Asosiy tamoyillardan bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Jarayonlarning mutanosibligi (proporsionalligi).
2. Jarayonlarning uzluksizligi.
3. Jarayonlarning parallelligi.
4. Jarayonlarning ritmliligi.
5. Jarayonlarning to’g’ri aniqliligi.
1. Ishlab chiqarishning mutanosiblik (proporsionallik) darajasi mahsulot
ishlab chiqarish bo’yicha har bir ish joyining ishlab chiqarish topshirig’i va
o’tkazish qobiliyati kattaligi orasidagi farqlar orqali aniqlanishi mumkin.
Mutanosiblik (proporstionallik) koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
m
z
n
К
m
p
/
1








;
bu yerda:
– ish joylari soni;
– o’rtacha o’tkazuvchanlik qobiliyati;
– mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish topshirig’i.
Korxona barcha bo’linma va sexlarida ma’lum vaqt ichida mahsulot ishlab
chiqarish bo’yicha alohida ish joylari, uchastkalarning, jihozlarning
unumdorliklarining bir-biriga to’g’ri kelishiga ahamiyat berilishida

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling