Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

4-jadval
Un ishlab chiqarish davri davomiyligi

Operatsiyalar
Operatsiya
larni bajarish
uchun vaqt
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
Bug’doy ochiq maydonga olib kelinadi
Bug’doy shnekka uzatiladi
Shnekdan noriya orqali bunkerga uzatiladi
Bunkerdan bug’doy shnek yordamida tosh tozalagich
apparatiga yuboriladi
Bug’doy tozalanadi
Bug’doy noriya yordamida magnit separatorga yuboriladi
Magnit separator yordamida bug’doy tozalanadi
Bug’doy havo orqali tozalanadigan apparatga yuboriladi
Tozalanadi
Namlash apparatiga yuboriladi
Bug’doy namlanadi
2-namlashga uzatiladi
Ikkinchi namlash
Namlangan bug’doy bunkerga keladi
Bunkerdan valli dastgohga yuboriladi
Valli dastgohda bug’doy yanchiladi
Yanchilgan bug’doy elakka yuboriladi
Elak yordamida un elanadi
Un 2-elakka yuboriladi
Elak yordamida un elanadi
Un noriya yordamida magnit separatorga yuboriladi
Magnit separator yordamida un metall qoldiqlaridan tozalanadi
Un saqlash bunkerlariga yuboriladi
Shnek orqali un avtomatik taroziga yuboriladi
Avtomat tarozida un 50 kg dan o’lchanadi
O’lchangan un qoplarga solinadi
Qoplarga solingan un qadoqlanadi
Qadoqlangan un transportyor yordamida omborga uzatiladi
3 min
1 min
1 min
1 min
2 min
1 min
2 min
1 min
2 min
2min
720min
3 min
480 min
2min
3 min
10 min
2 min
3 min
2 min
3 min
1 min
2 min
1 min
1 min
2 min
2 min
3 min
Asosiy texnologik operatsiyalar, tabiiy jarayonlar, ko’chuvchi, xizmat
ko’rsatuvchi va nazorat operatsiyalari davomiyligi ish davrini tashkil qiladi.


102
Ish davri ishlab chiqarish davrining negizini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish
davrini tashkil qilish darajasi ish davri koeffitsienti orqali aniqlanadi:
K
i,.d
= R
i
/ T
d
;
bu yerda:
R
i
– ish davri;
T
d
– ishlab chiqarish davri.
Bu ko’rsatkichning oshishi tanaffus vaqtlarining kamayishidan va ishlab
chiqarish davri strukturasining yaxshilanishidan dalolat beradi. Ishlab chiqarish
davri ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasining asosiy ko’rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini va ishlab chiqarish davrini kamaytirish vaqt
xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Ishlab chiqarish davrini qisqartirish yo’llari
quyidagilardan iborat.
1. Mehnat jarayonini tashkil qilish va ishlab chiqarishning progressiv
texnologiyasini tadbiq qilish natijasida texnologik hamda tabiiy operatsiyalarning
davomiyligini qisqartirish;
2. Mexanizatsiya va avtomatizastiya natijasida yordamchi jarayonlar vaqtini
qisqartirish;
3. Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, jihozlar avariyalari,
mehnat predmetlarining boshqa texnologik operatsiyalarga uzatish uchun
to’planishi natijasida kelib chiqadigan tanaffuslar vaqtini qisqartirish;
4. Aniq ishlab chiqarish sharoitiga javob beradigan mehnat predmetlari
harakat turini qo’llash;
5. Xizmat qilish operatsiyalari bajarilishini texnologik va ko’chuvchi
operatsiyalar bilan aralashtirish.
Ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartirish ma’lum davrda mahsulot
ishlab chiqarish hajmini oshiradi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini
kamaytiradi, buning natijasida aylanma fondlar aylanishi oshadi, ishlab chiqarish
quvvatidan foydalanish yaxshilanadi, mahsulot tannarxi kamayadi. Ishlab chiqarish
davrining eng asosiy qismi – texnologik operatsiyalar. Shuning uchun ishlab
chiqarish davrining davomiyligini qisqartirishning asosiy yo’li – texnologik
jarayonlarni intensivlashtirish.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling