Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Ishlab chiqarish turlari
Yagona (yakka)
ishlab chiqarish
Seriyali ishlab
chiqarish
Ommaviy ishlab
chiqarish


105
Kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun mayda seriyali ishlab
chiqarish tashkil qilinadi. Bunda mahsulot nomenklaturasi har xil bo’ladi. Yirik
seriyali ishlab chiqarish ko’p miqdorda kam nomenklaturali mahsulot ishlab
chiqarish bilan farqlanadi, shuningdek ommaviy ishlab chiqarishdan ham
farqlanadi. Bu o’rta seriyali ishlab chiqarish oraliq tur hisoblanib, ham mayda
ishlab chiqarish ham yirik ishlab chiqarish xususiyatlarini o’z ichiga oladi.
Seriyali ishlab chiqarish uchun mehnat jarayonlarning takrorlanishi xos
bo’lib, uning strukturasi barqarordir. Yuqori unumdorli jihozlarni qo’llash
imkoniyati va ishlarning ixtisoslashganligi jonli mehnat sarfini deyarli kamaytiradi
va ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Mahsulot partiyalarini
ishlab chiqarishga kirgizish va aniq takrorlanadigan vaqt oralig’ida tayyorlash
potok asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishni taqozo etadi. Ko’p nomenklaturali
mahsulot ishlab chiqaruvchi oziq-ovqat korxonalari uchun seriyali ishlab chiqarish
turi xosdir.
Ularga quyidagilar kiradi: qandolat, non, makaron, vino, margarin, pivo va
alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar. Bu korxonalarda smena yoki
sutka davomida potok chiziqlarining mahsulot ishlab chiqarish uchun rastional
ixtisoslashuvi zarurdir.
Seriyali ishlab chiqarish turining yakka ishlab chiqarish turiga nisbatan
afzalligi shundaki, seriyali ishlab chiqarish ish joylarining ixtisoslashuvi va chuqur
mehnat taqsimotiga ega, bu yerda jihozlardan foydalanish darajasi yaxshi, mehnat
unumdorligi yuqori ya’ni ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish samaralidir.
Ommaviy ishlab chiqarish - mehnat jarayonining davomiyligi va uning
murakkabligi bilan farq qiladi. Bu yerda bir xil mahsulot tayyorlashda har bir ish
joyida, har ish kunida bir xil mehnat jarayoni takrorlanadi.
Ommaviy ishlab chiqarish masalan, faqat bug’doy unidan tayyorlangan
non, yoki faqat javdar unidan tayyorlangan non ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
korxonalar, qand-shakar yoki qand-rafinad ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
korxonalar uchun xarakterlidir. Bu ishlab chiqarishda mexanizatsiyalashgan va
avtomatlashgan operatsiyalar hissasi ko’pdir. Ommaviy ishlab chiqarish turida
mehnat predmetlarining parallel harakati qo’llaniladi, bu ishlab chiqarish davri
davomiyligini qisqartiradi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling