Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potok chizig’i va uning elementlari.
Partiyali Yagona 107 Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish boshlangich xom – ashyoni ishlab chiqarish va ish joylari bo’yicha to’xtovsiz harakatni ta’minlashi kerak, har bir ish joyida ularga ishlov berilib tayyor mahsulotga aylantirishni taqozo qiladi. Ishlab chiqarishdagi uzilishlar esa texnologiyaning mahsulot sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarishda uzluksizlikni ta’minlash kerak, bu esa o’z navbatida ishlab chiqarish jarayoni tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’liqlik va ularning ketma-ketligini ta’minlashdan kelib chiqadi. Shunday qilib, asosiy ishlab chiqarishning tashkil qilish vazifasi faqat mahsulot hajmini oshirishdan emas, tayyor mahsulot sifatini yaxshilashdan ham iborat. Bunday xususiyatlar asosiy ishlab chiqarishni shakl va uslublarini qo’llashda ma’lum talablar namoyon etadi. Bu talablarga javob berish uchun jihozlardan to’g’ri foydalanish va ularni vaqt bo’yicha unumdorligini bog’lash lozim. Oziq-ovqat sanoati korxonalari seriyali ishlab chiqarish turiga taalluqlidir. Bunday ishlab chiqarishda asosiy ishlab chiqarishni tashkil qilishda texnologik jarayon potok uslubida amalga oshiriladi. Potok uslubidan tashqari potoksiz va partiyali ishlab chiqarishni tashkil qilish uslublari ham mavjud. M.s.: Non ishlab chiqarishda partiyali uslub faqat boshlang’ich bosqichlar(tuzlar, shakar eritmasini tayyorlash)da qo’llaniladi. Potok chizig’i va uning elementlari. Ishlab chiqarishda ko’pincha potok uslubi qo’llaniladi. Potok uslubi bir qancha belgilar bilan xarakterlanadi. Ulardan asosiylari: 1)Ishlab chiqarish jarayonini operatsiyalarga bo’lish. 2)Har bir operatsiyani alohida ish joyiga, mashinaga biriktirish. 3)Hamma operatsiyalarning ish joylarida bir vaqtda va parallel bajarish. 4)Bir operatsiyadan boshqasiga mehnat predmetlarini tez kechikmay uzatish. 5)Texnologik jihozlarni ishlab chiqarish texnologiyasi harakati bo’yicha joylashtirish, ya’ni teskari harakat yo’q. Ana shu belgilarning ishlab chiqarishda namoyon etilishi potok uslubi mavjudligidan dalolat beradi. Ishlab chiqarish potokining asosiy bo’g’ini potok chizig’i hisoblanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling