Янги китоб
Bosh yoki yetakchi mashina
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Bosh yoki yetakchi mashina deganda unumdorligi butun potok chizig’i
ishlab chiqarishini belgilab beradigan va eng ko’p maydonni egallaydigan, eng ko’p qiymatga ega bo’lgan, hamda jarayonning eng og’ir asosiy operatsiyasini bajaradigan mashina tushuniladi. 109 Yordamchi chiziqlar uchun va potok operatsiyalari uchun ishlab chiqarish topshirig’i quyidagi formula orqali topiladi: Z = g a ; bu yerda: Z - yordamchi chiziq yoki operatsiyaning vaqt birligi ichida ishlab chiqarish topshirig’i; g - mumkin bo’lgan yoki belgilangan bosh chiziqning ishlab chiqarishi; a - bosh va yordamchi chiziqlar yoki potokning bosh mashinasi va boshqa ish joylarida ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ifodalovchi koeffitsient. Potok chizig’ining mashinalariga, ish joylariga ishlab chiqarish topshirig’i keltirilgan formula orqali hisoblanadi. Oddiy potokda har bir operatsiyani bajarishda bitta mashina band, shuning uchun ishlab chiqarish topshirig’i shu ish joyining topshirig’iga teng, ya’ni Z o = Z i.j. ; Murakkab potoklarda bir operatsiyada bir qancha mashinalar band, shuning uchun operatsiya ishlab chiqarish topshirig’i shu operatsiyalar soniga teng. Z o = Z i.j. S; bu yerda: S – mashinalar soni. Potok ritmi, potok chizig’i ritmi, operatsiya va mashinalar, ish joylari ritmi mavjud. Potok ritmi rejali davrdagi ish vaqti fondining tovar ishlab chiqarish dasturlariga (N) bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi yoki potokning bosh chiziqlari unumdorligiga bo’lish bilan aniqlanadi. N T r ; yoki ch b g T r . ; Uzluksiz ishlab chiqarishda T kalendar ish vaqtiga teng (soat, smena, sutka). Uzlukli ishlab chiqarishda reglamentli tanaffuslar hisobga olinishi kerak. Potokning yordamchi chiziqlari ritmi quyidagi formula orqali aniqlanadi: ch yo Z T r . ; Operatsiya ritmi bu alohida mahsulotlarni ish joylarida va mashinalarda ishlov berish o’rtasidagi oraliq vaqt. Mashina ritmi mehnat predmeti yoki ularning partiyasini shu mashinada ishlov berilishi tugatilishi kerak bo’lgan cheklangan vaqtini bildiradi. Operatsiya va mashinalar ritmlari formulasi quyidagicha: 110 0 0 Z T r j ish j ish Z T r . . Ishlab chiqarish topshirig’i berilgan ish joyida qayta ishlanayotgan mehnat predmetlari birligida o’lchanadi. Masalan, tegirmonning don tozalash bo’limida – bug’doyda (tonna), unni qadoqlash bo’limida qopda, paketda (dona), xamir qorish bo’limida – xamir qorish qozonlari soni va h.k. Ma’lumki, asosiy mashinada qayta ishlanuvchi mehnat predmetlari va ish joylarida qayta ishlanuvchi mehnat predmetlari orasida ularning massasi, texnologik tayyorligi bo’yicha katta farq mavjud. Ushbu farqni hisobga olgan holda, asosiy mashinaning unumdorligi va ma’lum ish joyining unumdorligini taqqoslashni ta’minlash maqsadida maxsus koeffitsientlardan foydalaniladi. Ushbu koeffitsient ishlab chiqarishdagi mexanik va texnologik yo’qotishlar, ma’lum ish joyida qayta ishlanayotgan mahsulotlarning tayyor mahsulot tarkibidagi solishtirma vazni turli bo’lishi natijasida asosiy mashinaning va ish joyi unumdorligi orasida paydo bo’ladigan farqni hisobga oladi (masalan, donni qayta ishlash korxonalarida unning chiqishi 78 %. Bu yerda asosiy mashinaning unumdorligi bug’doyda hisoblanadi. Unni qadoqlovchi bo’limdagi ish joylari topshirig’i un hisobida hisoblanadi va bu turli farqlarning paydo bo’lishiga olib keladi). Chunki ish joyining ishlab chiqarish topshirig’i ushbu ish joyidagi mashinalarning unumdorligiga to’g’ri kelmaydi, buning natijasida ish joyi ritmi berilgan ish joyida mehnat predmetlarini qayta ishlash davomiyligiga doimo to’g’ri kelavermaydi. Agar, ish joyining ishlab chiqarish topshirig’i unda o’rnatilgan mashinalarning unumdorligidan kichik bo’lsa, u holda ish joyi ritmi qayta ishlash davomiyligidan katta bo’ladi. Bu yerda ish joyi ritmi va qayta ishlash davomiyligi orasidagi farq mashinalarning bekor turish vaqtini ko’rsatadi. Mashina va ish joylarida mehnat predmetlariga yoki ularning partiyasiga ishlov berish davomiyligi – bu mashinada bir mehnat jarayoni bajariladigan yoki mehnat predmetlari va ularning partiyasiga ishlov berish tugallaniladigan davr, qo’l va mashina operatsiyalari vaqtini o’z ichiga oladi. Mahsulotlarga ishlov berish davomiyligi mashina unumdorligini xarakterlaydi. Davriy harakatdagi mashinalar uchun u mashinalarni yuklashga ketadigan vaqt (t yu ) , texnologik jarayon( t t ) va bo’shatish vaqtlarini (t b )o’z ichiga oladi. t i.b. = t yu + t t + t b ; bu yerda: t i.b. - ishlov berish davomiyligi. Uzluksiz harakatdagi mashinalar uchun mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi mashinalar unumdorligi mikdoriga teskari ko’rsatkich sifatida aniqlanadi: 111 U t b i 1 . . ; yoki M Т t b i . . ; K - T vaqt ichida ishlov beriladigan mehnat predmetlari miqdori. Uzluksiz potokda mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi ishlab chiqarish ritmiga teng bo’lishi kerak: t i.b. = r 8.3. POTOK CHIZIQLARINING GURUHLANISHI. Uzlukli va uzluksiz potok. Potok chiziqlari bir necha belgilari bilan guruhlanadi: 1. Mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan va qo’l mehnati ko’p bo’lgan potok chiziqlarga bo’linadi 2. Ishlab chiqarish potok chiziqlari soniga qarab: bir chiziqli va ko’p chiziqli potoklarga bo’linadi. Ishlab chiqarish potok chiziqlari yoki ularning yig’indisi ishlab chiqarish potokini tashkil qiladi va u ko’p chiziqli va bir chiziqli bo’lishi mumkin. Bir chiziqli potok bitta oddiy yoki murakkab potok chizig’idan tashkil topgan.Ko’p chiziqli potok bir nechta potok chiziqlaridan tashkil topgan va ular oddiy yoki murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy potok chizig’ida har bir ish joyida bittadan mashina o’rnatiladi.Murakkab potok chizig’ida alohida ish joylarida ma’lum bir texnologik operatsiyalarni bajaruvchi bir necha bir turdagi mashinalar o’rnatiladi. 3. Mehnat predmetlarining harakat yo’nalishi bo’yicha: vertikal, gorizontal, aralash potok chiziqlariga bo’linadi. Vertikal potok chiziqlarda mashina va jihozlar mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi asosida vertikal tarzda ketma-ket joylashtiriladi. Gorizontal potok chiziqlarida mashina va jihozlar gorizontal tarzda ketma-ket joylashtiriladi. Aralash potok chiziqlari ham gorizontal ham vertikal potok chiziqlaridan tashkil topadi. 4. Transport vositalari turiga qarab: konveyerli va konveyersiz potok chiziqlarga bo’linadi. Potok chiziqlarining bir maromda ishlashini tashkil etishda operatsiyalararo transport turini tanlash katta ahamiyatga ega. Transport vositalarining asosiy vazifasi nafaqat ish joylariga xizmat ko’rsatishdan, balki mahsulotlarni bir operatsiyadan keyingisiga majburiy o’tkazish yo’li bilan potokning berilgan ritmini ta’minlashdan iborat. Potok chiziqlarida operatsiyalararo yuklarni tashishda qo’llaniladigan transport vositalarining turlari har xil. Ularni ikki turga bo’lish mumkin: konveyerli va konveyersiz. Konveyerli transport vositalar qatoriga yuk ko’taruvchi transport vositalari (noriya) va uzluksiz harakatlanuvchi konveyerlarni (lentali, zanjirli trasporterlar) kiritish mumkin. Konveyersiz potok chiziqlarda og’ir yuklarni tashishda (un qoplari, shakar qoplari, yashiklar) avtokara kabi transport vositalaridan foydalaniladi. Bundan tashqari mehnat predmetlarini 112 tashishda qiya potoklardan ham foydalaniladi va bu yerda mehnat predmetlari o’z og’irligi ta’siri natijasida harakat qilishadi. 5. Ritmga rioya qilish bo’yicha potoklar: erkin va reglamentlashtirilgan ritmli potok chiziqlarga bo’linadi. Reglamentlashtirilgan ritmli potok chiziqlarida ham texnologik ham ko’chuvchi operatsiyalarda avtomatik jihozlar qo’llaniladi, bu operatsiyalarda mehnat predmetlari qat’iy belgilangan aniq vaqt oraliqlarida uzatiladi. Erkin reglamentlangan potok chiziqlarida mehnat predmetlarini operatsiyalarga uzatish tezligi ishchilarga bog’liq bo’ladi. 6. Mehnat predmetlariga ishlov berish uslubi bo’yicha: donali, uzluksiz Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling