Янги китоб
Potok ishlab chiqarish samaradorligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Potok ishlab chiqarish samaradorligi.
Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish tashkilotni boshqarishning muhim qismlaridan biri va firma yoki uning ishlab chiqarish bo’linmalari faoliyatining pirovard natijasi bo’yicha aniqlanadi. A. Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish omillari va ularni baholash. U quyidagicha erishiladi: ishlab chiqarishning texnologik negizini taraqqiy ettirish; ishlab chiqarishda yangi ilg’or usullar, g’oyalar, kashfiyotlar kiritish; mahsulot ishlab chiqarishdagi xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; ishlab chiqarish tizimining tuzilmasini mukammallashtirish. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligining umumiy mezoni bo’lib unumdorlik darajasi xizmat qiladi. B. Ishlab chiqarish va ish usullarini boshqarishni oqilonalashtirish: Ishlab chiqarishni boshqarishning oqilona shakllari va usullarini rivojlantirish, takomillashtirish uchun loyihalanadigan yoki faoliyat ko’rsatib turgan tashkilot faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, tartibga solishning barcha bo’limlariga muhandislik usullari, vositalarini qo’llash mo’ljallanadi. Ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish mehnat unumdorligini oshirishga, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga qaratiladi. Yuqori mehnat unumdorligi va mahsulotning past tannarxini ta’minlamoq uchun tashkilotni o’zida mo’ljallangan ixtisoslashtirish negizida ishlab chiqarishning asosiy, yordamchi jarayonlarini oqilona tashkil etish bo’yicha uzluksiz ishlar olib borish zarur. Ishlab chiqarishni oqilona boshqarish usullari ish joyini oqilona tashkil etish, ishchilarning harakat yo’llarining uzoqligini kamaytirish, ishchining eng oqilona harakatini ishlab chiqish, amalda joriy etish, ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish jarayonida mehnatning oqilona usullari va qo’llanmalarini ishlab chiqish, amalda joriy etish kabilar bilan bog’liq. 118 Mehnatni oqilona tashkil etish ishni o’rganish, operatsiyalarning eng mosi hamda ketma-ketligini aniqab olish asosida topshiriqni aniqlash ko’zlanadi. Bunda kuzatuvlar natijasiga ko’ra, vaqt me’yorini belgilash yoki ish usulini o’tkazilgan aniq eksperimentlar asosida loyihalashtirish natijasida topshiriqlar tuziladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona jamoasining vazifasi hisoblanadi. Doimiy bir xil ritmda ishlash – jihozlardan to’liq foydalanish, ishchilar ish vaqtidan yuqotuvining kamayishiga sabab bo’ladi. Potok ishlab chiqarishda ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi ishlab chiqarish davri davomiyligining qisqarishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida mahsulot mehnat sig’iminining kamayishiga olib keladi. Potok ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar: ko’p unumdorli ixtisoslashgan jihozlardan foydalanish; mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish; ishlab chiqarishni yuqori ritmlilik bilan ta’minlash; mehnat unumdorligini oshirish; ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartirish; aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtirish; mahsulot tannarxini kamaytirish; foyda va rentabellikni oshirish. Potok ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga baho berish uchun quyidagi ko’rsatkichlar ishlatiladi: birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun jonli mehnat sarflari, potok chizig’ida tayyorlangan birlik mahsulotga ketadigan kapital xarajatlar: potok chizig’idan ishlab chiqarilgan birlik mahsulot tannarxi. Birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun jonli mehnat sarflari quyidagi formula orqali aniqlanadi: U t = (T sm K r ) / Z sm ; bu yerda: T sm - smena davomida potok chizig’ining ishlash vaqti, minut; K r - ishchilar soni, kishi; Z sm - smenada ishlab chiqarish topshirig’i. Butun liniya bo’yicha umumiy jonli mehnat iqtisodi quyidagicha aniqlanadi: E t = (T sm K r1 ) / Z sm - (T sm K r2 ) / Z sm ; bu yerda: K r1 va K r2 – potok chizig’ining mexanizatsiyalashgacha ishchilar soni va undan keyin; Z sm1 va Z sm2 – potok chizig’ining mexanizatsiyalashgacha ishlab chiqarish topshirig’i va undan keyin. 119 Ishlab chiqarish potokining mexanizatsiyalashtirish bosqichida sonli jonli mehnat sarfining iqtisodi quyidagicha aniqlanadi: mex = Δ t ch.m / Δ t p.m 100 = (t r - t ch.m. ) / (t r - t p.m. ) 100; bu yerda: mex – mexanizatsiya darajasini oshirish %; t ch.m. – bir qism mexanizatsiyalashganda ish vaqti iqtisodi birlik mahsulot uchun, kishi-soat; t p.m. – kompleks mexanizatsiyalashganda ish vaqti iqtisodi; t r – mexanizatsiyalashmagan usulda ishlab chiqarilgan mahsulot mehnat sig’imi, birlik mahsulot uchun, kishi-soat; t ch.m. – mahsulot mehnat sig’imi, qisman mexanizatsiyalashganda; t p.m. – kompleks mexanizatsiyalashda mahsulot mehnat sig’imi, kishi-soat, birlik mahsulot uchun. Potok chizig’i bo’yicha kapital xarajatlar quyidagi formula orqali aniqlanadi: yil um х Z К К ; bu yerda: K um – potok chizig’ida ishlab chiqarishda tadbiq qilishda barcha kapital xarajatlar, so’m; Z yil – mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potok chizig’ining yillik ishlab chiqarish topshirig’i. Potok chizig’ini tadbiq qilishda iqtisodiy samaradorligini hisoblashda mahsulot ishlab chiqarish hajmida ekspluatastion va kapital xarajatlar taqqoslanib ko’riladi. Taqqoslanganda kapital xarajatlarni, mahsulot tannarxini kamaytiruvchi variant samarali hisoblanadi. Agar taqqoslanganda variantlardan birida kapital harajatlarning o’sishi va mahsulot tannarxining kamayishi yuz bersa, bunda qo’shimcha kapital xarajatlarning qoplanish muddati quyidagi formula orqali aniqlanadi: T k.m. = (K 2 - K 1 ) / (S 1 - S 2 ); bu yerda: K 1 va K 2 – o’tgan yildagi va tadbiq qilingan variant bo’yicha kapital xarajatlar; S 1 va S 2 – o’tgan va tadbiq qilingan variant bo’yicha xom-ashyo materi- allar, ekspluatatsion xarajatlar. Bir necha mashinalarni taqqoslash uchun va iqtisodiy samarali variantni tanlash uchun quyidagi formula ishlatiladiki, bunda eng yaxshi variant xarajatlari barcha xarajatlardan kam bo’ladi. S + E n K = minimum; 120 bu yerda: S – bir yilda xom ashyo materiallar uchun xarajatlar; E n – tarmoq samaradorlik me’yoriy koeffitsienti; K – shu variant bo’yicha kapital xarajatlar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling