Янги китоб
PAXTA –TO’QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL ETISH
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
9. PAXTA –TO’QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL ETISH
ASOSLARI 9.1. Paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etish zarurati. 9.2. Paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etishning tashkiliy –huquqiy asoslari. 9.3.Klasterlsrni tashkil etish tamoyillari va turlari. Tayanch iboralar: Ishlab chiqarish klasteri, injiniring, klaster strategiyasi. 9.1. Paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etish zarurati. Ishlab chiqarish klasteri nima? Umumiy ma’noda, ishlab chiqarish klasteri iqtisodiyotning bir xil yoki bir- biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan korxonalar guruhidir. Bu korxonalarning texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi juda muhimdir. Bundan tashqari, ushbu korxonalar bitta umumiy maqsad uchun – raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun birlashgan. Masalan, paxta-to‘qimachilik klasterining texnologik zanjiri paxta xom ashyosini ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarish, gazlama ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu bilan birga, fermerlarni (paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarni), paxta tozalash zavodini, paxtani qayta ishlash korxonasini, to‘qimachilik fabrikasini va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonani birlashtirishning maqsadi-har bir ishlab chiqaruvchining xarajatlarini 123 kamaytiradigan va yakuniy mahsulotning raqobatbardoshligini oshiradigan yagona tuzilma yaratishdir. “Klaster” tushunchasi ilk bor 1990 yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. 10 ta sanoat jihatdan rivojlangan davlatlarning rivojlanish tarixini tahlil qilgach, Maykl Porter klasterlarning paydo bo‘lishi iqtisodiy rivojlanish va sanoatlashtirish jarayoni tarkibining ajralmas qismidir degan fikrga kelgan. Shunday qilib, klaster – o‘zaro bog‘liq korxonalarni birlashtirishning bir shakli bo‘lib, bu hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Tashkillashtirish shakli jihatidan, klaster – vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma deyish mumkin. Klaster uslubini qo‘llash, ayniqsa bir-biri bilan bog‘liq bo’lgan korxonalar mavjud hududlar uchun katta ahamiyatga ega. Klasterlar hududlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu yondashuv iqtisodiy jihatdan ustuvor tarmoqlar va loyihalarni aniqlash imkonini beradi. Hududlar iqtisodiyotining rivojlanishida klasterli yondashuvning asosiy afzalliklaridan biri – iqtisodiy omillarning rolini kuchaytirish va ma’muriy omillarning rolini kamaytirishdan iborat. Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir hil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir . Klaster strategiyasini amalda qo‘llash asosida milliy va mintaqaviy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish g‘oyasi yotadi va uning quyidagi ustuvor jihatlari borligini ochib beradi: - korxona (firma)lar uchun ta’minotchilarga, malakaviy xodimlarga, axborotlarga, xizmat va ta’lim markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishlari sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga imkoniyatlar yaratiladi. Klasterlashgan mintaqalar korxonalarida mehnat unumdorligi 1,5 barobargacha, ish haqi esa 30 foizgacha ko‘pligi o‘z tasdig‘ini topgan; - ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari yangi ilmiy-uslubiy ishlanmalarni yaratishi, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazishi, ishlab chiqarishga joriy etishi uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi; - ishlab chiqarish ilmiy izlanishlardagi xodimlar va mutaxassislar mehnatlarini ko‘proq rag‘batlantirishga va yangi tovarlarni yaratishga imtiyozli sharoitlar bo‘ladi. Tikuv-trikotaj sanoati aholining iste’mol tovarlariga talabini qondirish, turmush darajasi, madaniyatini oshirish bilan birga boshqa sanoatni rivojlantirish 124 uchun ham mahsulotlar yetkazib beruvchi, mamlakatga asosiy valyuta tushumini ta’minlashda hal qiluvchi tarmoq sifatida muhim o‘ringa ega. O‘zbekiston Respublikasida to‘qimachilik, ip yigirish, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va ipakchilik sohalarida 10 mingga yaqin yirik va kichik korxonalar, shuningdek, 400 dan ortiq qo‘shma korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida Prezidentimizning 2017 yil 14 dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5285- farmonida “paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha bo‘lgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish”kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Barcha sohalarda klaster tizimini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darhaqiqat, yengil sanoat, neft, gaz, ximiya, biotexnologiya, farmatsiya, informatika, avtoqurilish, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, ta’lim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik va boshqa sohalarda klaster tizimlarini yaratish ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko‘paytiradi, sifatini yaxshilaydi, ilmiy tadqiqot ishlarining texnik ta’minoti darajasini yuksaltiradi, investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Bundan tashqari, klaster tizimida ta’lim ishlanmalari yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko‘proq rag‘batlantirish, yangi tovarlarni O‘zbekiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkoniyatlar va sharoit paydo bo‘ladi Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling