Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Motivatsiya funksiyasi – sex jamoasiga samarali mehnatni uyg’otuvchi motivlar
shaklida, jamoa va shaxsiy ta’sirlarga rag’batlantirish yoki vazifalarni o’z vaqtida bajarmaslik asosida jazo choralari sifatida ta’sir ko’rsatadi. 50 asosida rahbarlik Motivatsiyaning asosini tashkil etadi, chunki Motivatsiya menejerlar bajaradigan boshqarishning umumiy funksiyalaridan biri. Tashkilot faoliyati davlatdagi qonunchilik, ijrochilik organlari orqali amalga oshiriladi, ya’ni nazorat qilinadi. Boshqarish nazorati boshqaruv faoliyatining muhim vazifasidir. Uning mohiyati shundaki, nazorat xavfli holat paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni oldindan aniqlash, yechimlarini topish, ular o’ta jiddiy bo’lib ketmasliklari uchun zarur va yana faoliyatni muvaffaqiyatli rag’batlantirish uchun ham qo’llanishlari mumkin. Nazoratning asosiy ma’nosi – tashkilot faoliyatining haqiqiy natijalari haqida ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish, tahlil qilish, ularni rejadagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish, og’ishlarni aniqlash, bu og’ishlarning sabablarini tahlil qilish, qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tadbirlar ishlab chiqish kabilardan iborat. Nazorat uch bosqichda o’tkaziladi: nazorat oldi, joriy va yakuniy (xulosaviy). Ularni o’tkazish tartibida uch tadbir bor: ishlangan standartlar va mezonlar, ular bilan muayyan natijalar, harakatlarga zarur o’zgartirishlar qabul qilishni solishtirib ko’rish. Menejer nazorat bajariladigan ish tartibini ishlanmasida, inson xulqini e’tiborga olishi kerak. Nazorat qilishdan asosiy maqsad xatolarga yoki yolg’onlarga yo’l qo’ymaslik.Nazorat va rejalashtirish o’zaro o’ta bog’liq. Ayniqsa, kompyuter, axborotli-boshqarish tizimi, axborotli-boshqarish tizimining samaradorligini oshirish muhim omildir.Axborot almashinish va boshqarish yechimlarini qabul qilish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishnnng zarur elementlariga aylanib qoladi. Boshqaruv fanlarida ta’kidlanganidek, boshqaruv mexanizmi rejalashtirish, bashorat qilish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, moliyaviy va moddiy resurslarni taqsimlash, jarayonlarni bajarilishini nazorat qilish bilan birga texnik, texnologik, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tijorat, moliya, tahlil qilish, hisobga olish kabi faoliyatlarning unsurlarini, ularning xususiyatlarini bilish talab etilar ekan. Tashkilot faoliyatini boshqarish jismoniy predmet va vositalarni boshqarish, Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling