Янги китоб
-chizma. Boshqarish funksiyalarining bir-biriga bog’liqligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.SANOAT KORXONASINING TARKIBI.
- Tayanch iboralar
4-chizma. Boshqarish funksiyalarining bir-biriga bog’liqligi
52 5. Rejalashtirish funksiyasi korxonada qanday rolni o’ynaydi? 6. Nazorat funksiyasi nima uchun kerak? 7. Motivatsiya funksiyasi nimaga asoslanadi? 4.SANOAT KORXONASINING TARKIBI. 4.1.Korxona tarkibini belgilovchi omillar. 4.2.Hissadorlik jamiyatini boshqarish tarkibiy tuzilmasi, kuzatuv kengashi faoliyati. 4.3. Yangi korxonaning tashkil etilishi va uni huquqiy rasmiylashtirish. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish. 4.4. Korxonasi ishlab chiqarish tuzilmasi (Paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish tuzilmasi). Tayanch iboralar: Korxona ishlab chiqarish strukturasi, texnologik tamoyil bo’yicha tashkil qilish, predmetli tamoyil bo’yicha tashkil qilish, kuzatuv kengashi, ta’sis shartnomasi. 4.1.Korxona tarkibini belgilovchi omillar. Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo‘linmalari, boshqaruv idoralari va korxona xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo‘ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo‘lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo‘ladi. Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. Ishlab chiqarish bo‘g‘inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi. Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi sex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U sex, uchastka va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo‘linmalaridan iborat bo‘ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo‘lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks ettiradi. Asosiy sexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga 53 aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlarssexi). Yordamchi sexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar sexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi. Xizmat ko‘rsatuvchi sex va xo‘jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo‘linmalari, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo)tashkil qiluvchi bo‘linmalar kiradi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash. Texnologik tuzilmali korxonalarda sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to‘qimachilik kombinatlarida yigiruv va to‘quv sexlari). Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir sex ma’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor sexi, shassi sexi va hokazo). Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov sexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho‘yan quyish, po‘lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish sexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko‘zda tutadi. Sanoat omillar ta’siri korxonasining tuzilmasi quyidagi ostida shakllanadi: * texnika va texnologiyaning xususiyatlari; * ishlab chiqarish hajmi; * ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya); * ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi; * ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi; * mulk shakli; * raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo. Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va sexlarni yiriklashtirish; alohida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo‘linmalar orasida mutanosiblikni ta’minlash;ssexsiz tuzilma kabilarni kiritish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling