Янги китоб
Yangi korxonaning tashkil etilishi va uni huquqiy rasmiylashtirish
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
4.3. Yangi korxonaning tashkil etilishi va uni huquqiy rasmiylashtirish.
Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish. Qayd etish joizki, 2016 yildan tadbirkorlik sub`yektlariga 16 turdagi davlat xizmatlari ko`rsatishning “Yagona darcha” tamoyiliga asoslangan yangi ochiq mexanizmining joriy etilishi bois, bugungi kunda tadbirkorlar turli ruxsatnomalarni “Yagona darcha” markazlari orqali ortiqcha byurokratik to`siqlar va ovaragarchilik rasmiylashtirish imkoniga ega bo`ldilar. Korxonani tashkil qilish 2017 yil 9 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 66 sonli qaroriga asosan 2 bosqichda amalga oshiriladi, 30 daqiqa (PF-2646 asosan - 28 oktyabr 2016 yil). 57 Hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlik sub`yektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yish tartibini tubdan takomillashtirish bo`yicha chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda. Unga asosan tadbirkorlik sub`yektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yishni avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, shuningdek, 2017 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub`yektlarini davlat ro`yxatidan O`zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalashgan Internet tarmog’idagi tizim orqali kechayu - kunduz o`tkazish va hisobga qo`yish joriy qilindi. 2 ta xujjat: ariza, ta`sis hujjatlari, faqat ariza - yakka tartibdagi tadbirkorlar(YATT) uchun my.gov.uz - avtomatlashtirilgan tizim orqali o`zi registratsiya qilishi mumkin. 2018 yil 1 yanvardan boshlab “Yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog’oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilindi. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo‘lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo‘q bo‘lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo‘lishi mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi; korxona ta’sischilarini tanlash; taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish; korxona Nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; davlat ro‘yxatidan o‘tish; muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik idorasi, mehnat jamoasi yoki ta’sischilar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik idorasining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir necha tarkibiy bo‘linmalarni, ushbu bo‘linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga 58 ko‘ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda maxsus davlat idoralarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan ko‘rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa’y-harakatlar o‘zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat’inazar, bankrot korxonalar hisoblanadi. Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi: iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish; ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish; ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslarni jalb qilish; fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish; yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o‘rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish; ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish. Ta’sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi. Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan: korxona Nizomi; Ta’sis shartnomasi. Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat 59 yuritish hollari mavjud. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa ta’sischi (ta’sischilar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy- huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg‘armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko‘rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko‘rsatuvchi soha va tarmoq, atrof- muhit va odamlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. Korxona to‘g‘ri va to‘liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat idoralarida ro‘yxatga olinadi, keyin esa o‘z muhriga ega bo‘lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘z muhri va hisob raqamiga ega bo‘lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi. Ta’sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to‘ldiruvchi hujjat qilib hisoblanadi. Ta’sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o‘rtasida taqsimlash shartlari, ishtirokchilarni (ta’sischilar) korxona tarkibidan chiqish faoliyat tartibi belgilab qo‘yiladi. Ta’sis shartnomasi asosida ko‘pincha kichik korxonalar, xo‘jalik o‘rtoqliklari va shu kabi sub’yektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o‘rtoqlik yoki korxonaning ta’sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Biroq ta’sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi ham ko‘rsatib o‘tilishi mumkin. To‘liq o‘rtoqchilik korxonalarining daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ishtirokchilar o‘rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda taqsimlanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling