Янги китоб


Korxonalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Korxonalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha davlat
idoralarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu
vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni 10 kun mobaynida Moliya Vazirligiga yagona davlat reestriga


60
kiritish uchun taqdim etishlari shart.
Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror,
korxona Nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab
beriluvchi ro‘yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Korxonani davlat tomonidan ro‘yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan
ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilishi lozim.
Korxonalarni ro‘yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas,
degan sabab bilan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar korxonani ro‘yxatga olish o‘z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta’sischi
ro‘yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda ta’sischi sudga
murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro‘yxatga olishdan asossiz ravishda bosh
tortish mahalliy hokimiyat idoralarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib
kelishi mumkin.
Korxonani ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilanadi:
1)Korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza;
2)Ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror.
3)Korxona Nizomi.
4)Ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorda
ko‘rsatilgan 
Nizom 
jamg‘armasining 
kamida 
50% miqdoridagi 
qismi
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar.
5)Davlat bojini to‘laganlik haqida guvohnoma.
6)Monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini
tasdiqlovchi hujjat.
7)Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlash qo‘mitasi
yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat.
Ro‘yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish kitobida
tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan jarayonlar amalga
oshirilgach, korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha soliq idoralarida hisobda
turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda bankda hisob raqami ochishi
mumkin.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling