Янги китоб


Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish.
Korxona faoliyatini to‘xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida
amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy
qiyinchiliklar, surunkali zarar ko‘rish va to‘lov qobiliyatining yo‘qolishini
korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko‘rsatish
mumkin.
Korxonani qayta tashkil qilish – uning birlashib ketishi, qo‘shilishi,
bo‘linishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil
qilish ta’sischi (ta’sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga


61
oshiriladi. qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari,
moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat
qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo‘lib, ishlab chiqarish va
xo‘jalik yuritish faoliyatining to‘xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u
davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr,
shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
* ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)ga bo‘lgan talabning pasayib
ketishi yoki umuman yo‘qolishi;
* ishlab chiqarishning zarar keltirishi;
* ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug‘dirishi;
* korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan
iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob
beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi.
Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona
tugatilganini xabar qilish, kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini undirish
choralarini ko‘rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan
xodimlar ish bilan ta’minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi. Korxonani
tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga tugatilayotgan korxonaning
mulki, kreditorlarning talablari va ularni ko‘rib chiqish natijalari ro‘yxati kiritilishi
lozim. Ushbu balans korxonaning ta’sischisi (ta’sischilari) yoki korxonani tugatish
to‘g‘risida qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi. Tugatish komissiyasining
aybi bilan keltirilgan zarar uchun tugatish komissiyasi javobgar hisoblanadi
Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali
faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda
muhimdir. Amaliyotdan ko`rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida
korxonani tashkil qilishga ketgan barcha say-harakatlar o`zini oqlamaydi hamda
ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko`rsatkichlariga
salbiy ta’sir ko`rsatadi. Ya’ni moliyaviy jihatdan barqaror bo`lmagan korxonalar
endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat`iy nazar, inqirozga yuz
tutgan korxonalar hisoblanadi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko`zlanadi:
iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish va
uni sotishdan foyda (daromad) olish;
ishlab chiqarishga ish bilan band bo`lmagan aholini jalb qilish va shu orqali
ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
ishlab chiqarishga mavjud qo`shimcha resurslarni jalb qilish;


62
fan - texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini
ishlab chiqarish;
yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona
(o`rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi
a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini
kengaytirish.
Korxonalarning davlat tomonidan ro`yxatga olinishi. Yuqorida aytib
o`tilganidek, korxona joylashgan manzilgohi bo`yicha davlat idoralarida ro`yxatga
olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu vazifani asosan
hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro`yxatga olish to`g’risidagi ma’lumotlarni 10
kun mobaynida Moliya Vazirligiga yagona davlat reestriga kiritish uchun taqdim
etishlari shart.


63


64
Davlat ro`yxatidan o`tish uchun korxonani tashkil qilish to`g’risidagi qaror,
korxona Nizomi (ta`sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab
beriluvchi ro`yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Korxonani davlat tomonidan ro`yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan
ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilishi lozim.
Korxonalarni ro`yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas,
degan sabab bilan bosh tortishga yo`l qo`yilmaydi.
Agar korxonani ro`yxatga olish o`z vaqtida amalga oshirilmasa yoki
ta`sischi ro`yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda ta`sischi
sudga murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro`yxatga olishdan asossiz ravishda
bosh tortish mahalliy hokimiyat idoralarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib
kelishi mumkin.

Korxonani ro`yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilanadi:
Korxonani ro`yxatga olish to`g’risidagi ariza.
Ta`sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to`g’risidagi qaror.
Korxona nizomi.
Ta`sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to`g’risidagi qarorda
ko`rsatilgan nizom jamg’armasining kamida 50% miqdoridagi qismi to`langanligini
tasdiqlovchi hujjatlar.
Davlat bojini to`laganlik haqida guvohnoma.
Monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini
tasdiqlovchi hujjat.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvatlash qo`mitasi
yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat.
Ro`yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish kitobida
tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Ko`rsatilgan jarayonlar amalga
oshirilgach, korxona joylashgan manzilgohi bo`yicha soliq idoralarida hisobda
turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda bankda hisob raqami ochishi
mumkin.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling