Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Nazorat savollari:
1.
Korxona ishlab chiqarish strukturasi nima?
2.
Korxona ishlab chiqarish strukturasini rivojlantirish omillari nimalar?
3.
Sanoat korxonalarining qanday tuzilmalari mavjud?
4.
Sanoat omillar ta’siri korxonaning tuzilmasida qanday shakllanadi?
5.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi nima?
6.
Kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatiga nimani amalga oshiradi?
7.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan qanday maqsadlar ko‘zlanadi?
8.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida qaysi
hujjatlar belgilab berilgan?
9.
Korxonani ro‘yxatga olish uchun qaysi hujjatlar talab qilanadi?
10. Korxonani tugatishga qanday sabab bo‘lishi mumkin?
5.SANOAT KORXONASINI BOSHQARISH TIZIMI.
5.1.Boshqaruvning 
tashkiliy 
tuzilmalari: 
chiziqli,funksional,chiziqli-
shtabli,matritsali boshqaruv.
5.2. Boshqaruv xodimlari.Boshqarishning zamonaviy shakllaridan
foydalanish.
5.3. Paxta tozalash korxonalarini boshqarish tizimi va uni takomilashtirish
yo‘llari.
Tayanch 
iboralar:
Tashkiliy 
tuzilma, 
chiziqli,funksional,chiziqli-
shtabli,matritsali boshqaruv tuzilmasi, muammoli-maqsadli tashkiliy tuzilma.
5.1. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari: chiziqli,funksional,chiziqli-
shtabli,matritsali boshqaruv.
Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko‘rsatkichi sifatida jamiyat
hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati,
mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
munosabatlardan kelib chiqadi. Boshqaruvsiz tabiatni o‘zgartirish, mehnat qurollari
va predmetlarini yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirishga yo‘naltirilgan
faoliyat yuritishning iloji yo‘q. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv ishlab
chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari o‘rtasida kelishuvni yo‘lga
qo‘yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va me’yorini tartibga soladi
hamda resurslardan foydalanishning samarali yo‘llarini topishga o‘z hissasini
qo‘shadi.
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining


71
ob’yektiv qonunlari asosida yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazish tizimi, har bir
ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish,
motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne’matlar hamda ularga
tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste’mol qilish va ayirboshlash ham
boshqaruvni talab qiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling